Sherlar to’plami 3

Lolajon

Beun   og’rinasan   ko’nglim   sezadi

Nega    bunchalar    mayussan   lola

Suyangani   do’sting   yo’qmi   yo  dona

Lola  , lolajon   yolg’izim  lola

Mudom   qarasam   boshing   egik   hol

Yolg’izlik   seni  ham  qildi  xasta   xol

Qalbimdan  lolalar  uzgim  olaqol

Lola , lolajon   yolg’izim  lola

Husnda   olamda  tengsizsan  bilsang

Qizlardek  chiroying  maqtab  yurmaysan

Qancha  go’zal  bo’lsa , shuncha  hokisor

Lola ,  lolajonim   yolg’izim  lola

O’ksinma  menda  ham  sening  savdoying

Yolg’izman , yolg’izsan  menman shaydoying

Tashlab  ketdi  yorim  ham  ne  edi  xatoyim

Lola , lolajon  yolg’izim  lola

Bugun    dalangda   yastanib  tunda

Yangi  oy   chiqqanda   niyat  qilamiz

Fafosizlar  bizdan   tongani  uchun

Ikkimizga   vafoli   yorlar   tilaymiz

Qaddingni   tik    tut   do’stim

Borman   yoningda

Toki  tirik   ekanman

Qalqonman   joningga

Qip  qizil  yaprog’ing   yuragingmidi

Uzilgan   barglarning   tilagingmidi

Bu   dunyo  og’ir  dard  do’stim   chiday  qol

Ox   lolajon  ,   yolg’izim       lola

 

 

Komillik   sari

O’zni    osmon   bilmag’il

Lek   past  ham  qilmag’il

O’rtada   bo’l   kamtarin

Bezat     ko’ngil       daftarin

 

O’z   qadrini   bilmagan

Birov  qadrin  bilarmi

Nodondan   aql  kutgan

Odam  dono  bo’larmi

 

 

Ko’ngil  dardi

Dard  shunday  kelarki  yozmasang  qo’ymas

Va   shunday   qiynarki   kuylamasang  bo’lmas

Kuy   va  she’r   dardi   galma- gal   o’rtar

Bu  ko’ngil   axir  qilmasang  to’lmas

 

Bu    sen     eding

Lolajon,  lolajon    armon  xam   baxtmi

Ko’ksimni   kuydirgan   tuzalmas  dardmi

Na   yig’lay  olayin ,  na  kulib   kulayin

O’zing   ayt   menga  bu  azoblar   shartmi

Menga   boq,   men  ishqdan   ajralib  bo’ldim

Lek  kunda  ming  bora   eslayman   uni

Men   sevardimda   axir,   men  nima  qilayin

O’zimni    topaman  bir   ko’rsamda  uni

Go’yo   men   bir   tanaman , u  mening  jonimdir

Ortidan   yetolmay  quvlayman  uni

Yuguraman ,  yelaman   dunyo   kezaman

Azaldan   ajralgan   ekanmiz  tushundim   shuni

Yig’lama  ,   yig’lama  ,   yig’lama  ey   yor

O’z    baxtim    baxtingga   qo’shib  tiladim

Kerak   payt  o’zligimni   tanitgan   bu   sen

Sen  bo’lmasang   bu  dunyodan   nodon  o’tardim

Ko’zgu  bo’lib  yurak   qalbim   yoritding

Oxiri   yo’q  balolarni   aritding

Qizig’i   shu  o’zing   bilmaysanda  buni

Ishqing    birla    qalbim   qayta    yaratding.

 

Bir  sevmay  ko’ringchi

Bir sevmay  ko’ringchi,menday  xoksorni

Kapalak    bo’lib  tunda  yoningizga  boraman

Ko’zingizga  shunday  termulib  qarayki

Ey    vox,   Nozim     desin   dilingiz  faqat

Bir  sevmay  ko’ringchi   menday  oshiqni

Hijronlardan  bo’yningizga   dorlar  osaman

Sevaman  demaguningizcha  qiynayman   sizni

Mendan  o’zgasin  ko’rmas,  ko’zingiz  faqat

Bir  sevmay  ko’ringchi  ,menday  yigitni

Barcha  raqiblarim  jonin  olaman

Ilojingiz  qolmas  shunda,  meni  sevasiz

Mendan   o’zgasin  aytolmas  tilingiz   faqat

Bir  sevmay  ko’ringchi  menday  shoirni

Nomingizni  olamlarga   doston   qilaman

Insonlar  sizni  shunday  hurmat   qilisharki

Yurakdan  meni   hali  sevib  qolasiz.

 

Bexuda  o’tgan  yillarim

Boshimga  ip   torting   edi mayli  chidardim

Nega   chiqarmadingiz  meni  o’shal  botqoqliklardan

Endi   tortayapman   buning  bor  azobini

Urib  xasta  qiling  edi     mayli  chidardim.

 

Do’st

Mayli    mendan   keching , xafa  bo’lmayman

Butun   umr  baxt –u,  kamolingiz  tilayman

Qiyomatgacha   sodiq  do’stingiz  bo’layman

Dardlarimni  eshitgan  aziz  do’stginam

Suyanchiq  istasangiz  gohida   kimdan

Juftagin  rostlasa ,   o’ylabon  zimdan

Yonimga  kelaqoling ,  uyalmang  mendan

G’amlarimni   aritgan  vafodorginam.

 

San’at  yoki  sevgi

Sevgi  deb,  san’atni  topdim

San’at  deb,sevgimdan  kechaymi   endi

Xudbinlarcha   oldinga  qadamim  tashlab

Baxtimdan    yuzimni  buraymi   endi

Bir  tomondan  nazm   va  navo  chorlasa

Bir  tomondan  yorim   kutsa  intiqib

Bechora  yurakni   bo’lmaydi   ikki  bo’lib

Qaniydi   ikkisiga  xam  chora  topolsam

Afsuski   barchasi   shunchaki   xayol

Bir   vaqtda  ikki   yo’ldan  bo’lmaydi  yurib

Qalbimga   taskin   bersam  dunyo   bir  kam    deb

O’ksigan   qalbim  yig’laydi  tonib

 

Ishq

Hayotimning    ibtidosi   ishq

Hayotimning   intixosi   ishq

Ko’zlarimning   ma’yusi    ishq

Ko’zlarimning   ma’nosi   ishq

Ezgulikning   yuzidir   ishq

Oshiqlarning   izidir  ishq

Haqiqatning  ko’zidir  ishq

Oqillikning  so’zidir   ishq

Hayajondan   sukutda  tillar

Intizordir    oshufta   qalblar

Ibo   qilar , uylalib  qizlar

Tipirchilab   urgan   yuraklarda   ishq

Tangrining   jilvagar     chexrasi

Quyoshdan      yorug’   chamasi

Meni      ko’zlarimni    qamashtirgan

Sevgilimni      yorug’     yuzchasi

Bobolarim     hokisor    qilgan

Nurday      beg’ubor  ,     intizor     qilgan

Navoiyni    Navoiy     qilgan

Bunga     sabab     sensan     ey     ishq

 

Ota

Savoblar    tonmadi   ortingizdan  quvib

Gohi   yig’lab   yashaysiz ,  gohida  kulib

Azoblar   qiynaydi   sizni   jam   bo’lib

Madoringiz    qolmadiku   otajon

Ko’zigiz  ochganda  shomu  saharda

G’amlar  bulutday   yog’ilaverar

Ayting  oxiri  bormikin  bu  qiynoqlarni

Sabr  kosangiz  to’lmadimikin  Otajon

Mardlar   sinalib   ketgan   maydon  bu

Barchamiz   sinalamiz   bu  maydon   ichra

Ammo   oson  emasda   undan   o’tish    xam

Bardoshingiz   so’nmasin  Otajon

Xudo  yetkazsin   azoblaringiz  uchun  mukofot

Shodlikdan  bag’ringiz   yasharib   ketsin

Men     o’zimni     butunlay      anglagan     kunim

Armoningiz  qolmaydi  Otajon.

 

Shoirlarning   sevgisi   ilhom  uchunmi

Qaysi   shoir   muhabbatiga   yetdi  bilmadim

Qismatmi ,  taqdirmi   yo   bir  qo’rqoqlik

Meni   mudom   qiynaydi   faqat  shu  savol

Nahot  muhabbatimizga   yetmaslik  taqdir  bo’lsa

Sevishga    sevamiz  daryodek   to’lib

Bir  so’z  aytolmay   xijolat   tortib

Unutmoqchi  bo’lamiz   so’ng  uni   beshavqatlarcha

Bundan    xudbinlikni   bilmam   qaydan   topamiz

O’ylab    qarasam    ularda   ayb  yo’q   sira

Axir   ular   ko’ngilning  oddiy  bir   quli

Ko’ngil  bilan   hisoblashib  barcha   shoirlar

Qismatida   borini    kutar   har    kuni

Ijod   uchun  ilhom  qilar  sevgini   kimlar

Sevgi  uchun   qurbon  qilar  jonini  kimlar

Aytingchi   muhabbatiga  yetgan  shoirlar   kimlar

Shoirlarning   muhabbati   ilhom  uchunmi

Mayli   ermak  qiling   muhabbatni  asriy  baytlarga

Yondim , kuydim  deb   nido  chiqaring

Lek   bir   so’zni    zinhor   unutmangki

Muhabbatni   qismati   ertak   uchunmas.

 

Bo’lmag’aydur

Musofir  eting   ul   nodonlarni

Bunday   vatan   ko’rmag’aydur

Olam   ichra   tanho   bu   yurt

Buni    g’ofillar   bilmag’aydur

Olddan  oqqan  mehr  daryo   bu

Buni   yaxshilar     bilmasangiz

Horlik    o’chog’ida   kul   bo’lursiz

Unga   taskin    bo’lmag’aydur.

 

Nozim   va   nazm

Oxiri   yetdilar    bir-biriga    Nozim   va    nazm

Olamni    tutguvchi    navo   qildilar

Ko’rdilarki    bu    himmatni   taqdirdan   bilib

Bahtning   eng   oliysin   shundan   ko’rdilar

 

Meni   qalbimni    tinglamagan  edingiz  endi

Menda   g’urur  nima  qilsin ,  menda   g’urur   yo’q

Benishon   otdingiz   misoli  bir  o’q

O’zga   yo’llarda   egildi  mag’rur   boshginam

Oqib-oqib   to’xtamadi  ko’zda   yoshginam

Topganingizdan   yo’qotganingiz   ko’proq   bo’ldiku

Nodonlar   ustimdan   xandon  kuldiku

G’ururimni    yer   bilan   yakson  qildiku

Barchasiga    o’zingiz   aybdor   emasmi

Qalbimga    bo’ysinganim    mening    aybimmi

Yo    taqdirimga   ko’nganimmikin    aybim

Osmonlardan   so’rang    nohaq   bo’lsam    man

Butun   umr    qulingiz   bo’lib   o’taman.

 

Imon   nuri

Qalbda ‘’  Olloh ‘’  borki   yo’llar  yorug’  bo’lg’usi

Imon   nur   taratar  ziyo  bo’lg’usi

Zulmat   qoplasa  hamki    yer-u,  osmonni

Haq   nuri ,  imon   birla ,  yog’du   sochg’usi.

 

Ko’ngil

To’rt     tomoni   sahro ,  o’rtada   ovvora  ko’nglim

Qay   yo’llardan   yurayin  deb , sarsona ,  bechora  ko’nglim

Gohi   dushman   chiqar    yo’lidan   o’zni  do’stlik   pardasiga  olib

Aldanib    ming  pushaymon  ichra ,  og’rinar   bechora   ko’nglim

Ko’nglim   istar   haqiqatni ,  aldanib   yolg’onlar    ichra

O’zni   arzon   sotar   ul   axmoq-u,   nodonlar    ichra

Haq   nuridan   umid  izlar   kutib    dunyolar   ichra

Bir   kun   quyosh,    bir   kun   yomg’ir , birda   nurdir  ko’nglim

Ayt  qandayin   qondirayin   istaklaringni   seni

Oxir  bilmas  umid  u  xoxishlaringni  seni

So’zimga   kirmayin  hadeb , ado   qildingku   meni

Haqiqatim  ,  yolg’onim ,  armonimsan  ko’nglim

 

Ishqqa    asirmiz

Quyosh      nurlari   bilan    ufq   tomonga   chekinar  ekan   barcha   o’simliklar   nabotot   olami    ufq   tomonga    boshini    egib  u  tomonga   qarab  qoladi.

Ufqning   qizartirgan  qizil  rang   ishq,  muhabbat  ramzidir.

Toki   quyosh  yangi  tongi  ila   chiqib  ularning  qaddini  tiklamas   ekan,

Ishq  axli  ham  o’z  yoriga  yetmas  ekan,  ularning  qaddi   abadiy  bukilajak.

Do’stlar    muhabbat   zabt  etdi  yuraklarimizni

Chiroyida  maftun  etdi   qalblarimizni

Endi  kimga  aytamiz  dardlarimizni

Har   lahzada   eslar  yurak ,  har  bir  nafasda

Ilojsiz  qoldik   nahot,  ishqiy  qafasda

Aybimiz  nima   bizni   sevganimizmi

Hijron  o’tida  kecha-kunduz  kuyganimizmi

Jonda  titroq , dilda  hayajon,  tuyganimizmi

Har  bir   lahza  yuragimiz   yig’laydi   beun

Xotiralar   ezib   battar  qiynaydi   nechun

Iloji   bo’lganida  edi  ishqdan    kechishni

Ayriliq  azoblaridan   chetlab   qochishni

Orzu   qilardim   osmonda   armonsiz  uchishni

Bir  tush  bo’lsa  uyg’onib   ketsam    yolg’on  deb

Kuta-kuta  ado   bo’ldi  yurak   hijron   deb

Vasli  jannat ,   dardi  hikmat ,  ilohiydir  ishq

Oliy  ne’mat ,  yaratgandan   mukofotdir   ishq

Buyuk   qildi   mening  huvillagan  qalbimni

Savdolashmay   sotdi  so’ng  meni  hijron  bozorida   ishq

Har   qarashda   o’tlar   yoqar  ma’nolidir   ishq

Bilmam   bu   mavzuda   kimlar  yozmadi

Ishq   deya   kimlar   aqldan   ozmadi

Kimlar   qon  yutib   umid   kutsa   ham

Hayot   ko’xna  haqiqatin   buzmadi

Ishqdan   o’t  ketsa   gar  dunyoga  do’stlar

Nom  nishon  qolmaydi   uning   yuzida

Vaqt   o’tib   bag’rida   yashnar   chechaklar

Muhabbat    kuy  yaratar   har   aytgan   so’zida

Yangi  hayot   boshlanar   birdan

Go’yo  to’xtab  qolgan  vaqtning   ketidan

Yonsa   yona  qolsin   yuraklar

Azobli   va  g’o’zal  ishqning   o’tidan

Kimlar   sevib ,  kimlar  sevmasa

Ishq   dardini   jondan   tuymasa

Besh  kunlik   o’tib   ketar   dunyoda

Do’stlar   ma’no   yo’q  ishq   bo’lmasa

Arshi   a’lodan    yergacha  do’stlar

Davom   etar   ishqning   qadim   zanjiri

Ikki   o’rtada  oshiqlar  o’zin

Qurbon    etishar   ishqning   haqqiga.

 

Ey   ollohim

Muhabbatingiz   go’zal , hijroningiz   yomon   ekanda

Dunyoyingiz   sinovli ,    jumboq   ekanda

Niyatimga    mana   yetdim  deganda

Ko’ngilda   bir  kam , noumid   shayton    ekanda

Oshiqlar   visol   deb   sarson  ekanda

Hijron   o’rtada   to’siq , devor  ekanda

Sevganimni   holini   bir-bor  so’ray  deb

Oshiqlar   tunu   kun   bedor  ekanda

Rahmon    va    shayton    izmiga  qo’yib

Dillarga   ikkisin   manzilin   o’yib

Ishq   zanjirin   falakdan   yergacha   yoyib

Yaratibsiz   olamni  olti  kun  deganda

Barchasi  inson  uchun  sinov   ekanda

 

Yurak     ko’nmas

Garchi   sizdan   yiroqda  bo’lsam

Sizdan   ayrilguncha  bo’lmasmi   o’lsam

Barcha   azoblarni   sinovga  yo’ysam

Shunga   xam   ko’nmaydi   devona   yurak

 

Oshiq    yigit   holiga   dunyo   yig’lar

Kunlar   o’tayotgandi   sekin

Shunday  sokin ,  shundayin   jim

Bir   ko’rishdagi   muhabbatga

Ishonmasdi   do’stimiz   lekin

Ko’rib  qoldi    bir   pariro’yni

Husnda   tengsiz ,  qoshi  kamon   yoyni

Ishqning   asiriga     do’stlar

Tushib   qoldi   yigit   birdan

Ne   qilishin  bilmay  hargiz

O’zini   o’qqa  , cho’qqa ham  urar

U  bir   sodda ,  u  bir kamtarin

Ishqdan    yuragi  dukkillab   urar

Yurak  yutib   yoriga

Sevaman   deb   aytaolmas

Na  ishqdan   kechar  yurak

Orqaga   ham  qaytaolmas

Kunlar   o’tdi   shu  Zaylda

Sado   chiqmadi   yigitdan

O’rtada   bechora   yurak

Qon  yig’laydi  ayriliqdan

Kunlar-kunlarga  ulandi

Yillar-yillarga  elandi

Unutgandi  ul-yorini

Nurdayin  beg’uborini

Taqdirning  hazilin  qarang

Uchrashtirdi  ikkalasin

Sovigan   yuraklarga   endi  ishq

Olov   yoqardi  muttasil

Ko’zlariga   ma’no  to’lib

Qoldi   yigit   hayratda  lol

Yo’qotib  qoygan  olmosin

Topganidan   baxtiyor

Oxir   jura’tga   to’lib

Bordi   sevgilisin  yoniga

Tili  bir    so’z    demas    edi

Ko’zlari   gapirardi  o’rniga

Tushinib  yetdi  ul  go’zal

Muhabbatning   shirin  dardini

Tutday  to’kilib   tushar    edi  yigit

Tan  olmasa  go’zal   shunday   mardini

Qarang   ishqning   azobini

Muhabbatning   achchiq   sharobini

Shunday   sodda  yigitga  xam

Taqdir   ko’rsatdi   chorasin

Ishq   degani   hamaga ham

Eshik   qoqmaydi  do’stlarim

Bir   umirda   bitta   ishq  xullas

Zarar   qilmaydi    do’stlarim

G’animat    bu   dunyoda

G’animat   bir   insonmiz

Ishq  bu   berilgan   omonat

Do’stlar   muhabbatdan  omonmiz.

 

Unutma

Hayot    boshqa  ,    hayol  boshqa

O’nging   boshqa  ,    tush   boshqa

Hissiyotga  berildingmi   bir  muddat   tamom

Ming   baloyu-ofatlar  yog’ar   bu   boshga

 

Meni    sizga , sizni   menga   xudo   bersin

Bir   umr   ishqingizni   kuylab  o’tsam   ham

Yillarimni   hijronlarga    tenglab    o’tsam   ham

Hatto   bir   soniya ,  laxza   bo’lsa  ham

Sizni    sevganimga   afsuslanmayman

Tunlarni   bag’rini   yorim  kunlar   yoritdi

Quyoshni   muhabbati   oyda  aksin  taratdi

Osmonga  boqaman   tunda   yer  bilan    birga

Men   sizni   yer    esa   osmonin   so’rar

 

Haqiqat    sari

Amoling   bo’lsin   yaxshi   kun   o’tgan   sari

Qalbing    ila   tiling    haqni   so’zlasin

Marhamat   yomg’iri    yog’ar   shunda  yo’linga

Barcha    farishtalar    aytar   seni   tangri   qo’llasin.

 

Go’zallik   cheksiz

Ufq   tomonga   chorlating    qadamlaringizni

Oxiriga    xech     yetolmaysiz

Ishq    ham   cheksizdur ,  muhabbat   cheksiz

Ikki    dil   ham  shunday  cheksiz  bog’lanar

Dengizga  qarating   nigohlaringizni

Qum    bosgan   sohillardan    uni    kuzating

Suymagan   insonlar   sohilga  o’xshar

Sevgandan   so’ng   go’zallikka   intilar   go’yo

Bir   juft   oq   kabutar   misolida  ishq

Baxti   yuksak   porlagay    ikkisin   visolida   ishq

Dunyo    gardini   shul   ma’nosidir   ishq

Insonni ,  inson    qilar   ilohiydir   ishq.

 

Muhabbat    biz   uchun   nima

Yaratgan     egam    go’zaldir    cheksiz

Uning   har   bir   ishi    hikmatli   erur

Muhabbat    degan   buyuk  tuyg’uni

Suygan    bandalariga   inoyat    qilur

Jannatdan     kelar   yog’du    muhabbat

Qilichday      keskir     tuyg’u      muhabbat

Uchrab   qolsa   gar    kimning    yo’liga

Orom    bermas    tun-u,  kun   hijron   muhabbat

Mo’jizaning   eng   buyuk   mo’jizasi    shu

Kulfatlarning   eng   og’ir   kulfati     shu

Bir  kun   baxt ,  bir   kun  dard ,  birda   omad , g’am

Dunyo   sinovlarin   ustunidir   u

Gumon     qilmang  ,      muhabbatni     yomonga   yo’ymang

Vafo    qilmas   yolg’onlarga    chiqarib   qo’ymang

Har   nafasi   ilohiy ,  yodi   ibodat

Sizning   baxtingiz    erur   u ,   shudir   saodat

U   dengizdir    sahrolarga   jon   bergan

U  olovdir    o’rmonlarni    kuydirgan

Mexr   ila    yashnagaydur   muhabbat

Nafrat    ila   qolmas   zarra   muhabbat

Chin   muhabbat   shunday   erurku

Vaslida   iloh   jilvalar   qilur

Sur’at     ichidagi     yashirin    siyrat

Yor    vaslida  namoyon    bo’lur

Hijronlarga    sabr   qiling

Zero     u   eng    og’ir   azoblardan   bo’lsa    ham

Fursat   kuting    vaqt    o’zi    beradi    yordam

Noumid    shaytondir ,   noumid   shayton.

 

Muhabbat    desam

Quyi   tortdi    Do’stginam   boshingiz   nechun

Farishtadek     pok    qizni   suyganmisiz   yo

Kecha    kunduz   sog’inch   azoblaridan

Qalbingizni   yig’latib    kuyganmisiz  yo

Qo’yavering    muhabbat    sog’inchsiz   bo’lmas

Qaysi   oshiq   dunyodan    yig’lamay   o’tdi

Sabr   qiling  ,   yaratgan   sabrlilar  bilan

Har   ohingiz  osmon-u ,  falakka   yetdi

O     muhabbat   ,    bunchalar       shirin

Shunchalar     go’zal  ,    beg’ubor      bo’lmasang

Ishq     bilan     meni   ayamasdan

Yuragimni       o’tlarda     yoqmasang

Seni      uchratgan    kunimdan     boshlab

O’zgardim   qalbim      dunyoga   sig’mas

Har     kun     ufq     tomon  ,    ko’ksimni    mushtlab

Xudodan    so’rayman     seni   ,  ko’zimni   yoshlab

Butun      borlig’im  sen     bilan      ketdi

Fikr  u    xayolim     endi    sen    bilan      birga

Mayli   olganlaringga    qilmasingdan    zor

Yorimga    aylanib    kel    endi     dildor

 

Bergan      umidingizni   qaytarib   olmang

Sizni  har   kun    kutar   edi   u

Dardini   ichiga   yutar    edi   u

Bir   bor   boqib    kulib   qo’ysangiz

Jannatlardan   kechar   edi   u

Nigohingiz    ila    sevishingiz    aytib

Yuragiga    ishq   o’tin   solib   qo’ydingiz

Endi    ortga    qaytmoqlik   do’st   mardlikdan    emas

Jismi-joniga   ismingizni    o’yib   yozdingiz

Har    lahza    o’ylab  sizni   yilga   barobar

Azoblar    yutar    xo’p    qalbin   og’ritar

Aytingchi   uni    gunohi    nima

Yuragiga   sevma    deb   aytaolmaganimi

Iymanmang    ortingizga   zinhor    qayrilmang

Ortidan    bora   qoling   sevar    yoringizni

Bu   yog’i   taqdir    hukmiga   havola    endi

Baxtli   qiling  uni    ham ,   o’zingizni    xam

Fursat   g’animatdur ,   bu   umr   damlari

Foniy    erur   bari  ,  inson    g’amlari

Bir    yonib   o’chgay ,     mehrsiz    umid  shamlari

Bergan    umidingizni   do’stlar   qaytarib   olmang

 

Ey     do’st

Dunyo    bir    yonib   o’chgan   shammi   ey   do’st

Yo    ezgulik   ko’zidagi    nammi   ey   do’st

Bedardlar    ko’zimga     ko’rinar   balodek

Faqat    Olloh    tushunar    dardimni    ey   do’st

Ijod   yo’lidaman    bugun    qon   yutib

Ezgulikdan   bo’lish   ham    oson   emaskan

Bir   shoir   bo’lib    elga    kerak   bo’lmasam

Adabiyot   qo’shilib   yig’lar   men    bilan   ey   do’st

Dunyo    o’zi   sayladi  meni   shoir   qilib

Sira   ham   o’ylamagan   edim ,   shoir   bo’lishni
Yaratgan   egamni    irodasi    shu

Peshonamdagi   taqdir   shundanmi    ey   do’st

Yuragimning   yarmi    dard   bilan   to’la

Qolgan    yarmi    hijrondan    kuygan    bir   nola

Sevganimni   uchratgan   kunimdan    boshlab

Faqat     unga   talpinar      yuragim    ey    do’st

Kunlar    ne   uchun   berildi    bizga

Oylar    ne   uchun   berildi   bizga

Umr   ne   uchun    berildi   bizga

Bu  bir    sinov ,  imkoniyat   emasmi   ey   do’st

Qalbimni   yig’laganin   bilib    osmonlar

Menda   ham  qalb   bor   deb  ko’zin    yoshladi

So’ng   dardimni  arigan   vaqti   chog’ida

Quyosh    yuzlarimga    nurin    socha   boshladi

Shunchalar   boshimni    ezar    dardning    og’rig’i

Iltijolar    qilaman   hatto   tushlarimda  ham

El   uchun   bir    satr   yozgan   she’rim    azobi

O’tmas    pichoq    ila   so’yishdan    ham    qiynoqli   ey   do’st

Agar   tushunmasa    shu   el   dardimni

Ol-laqol    jonimni   ey  do’st

Oshiq    bo’lib   sevgilimni   baxtli  qilmasam

Olaqol    ayamay    jonimni    ey   do’st

Aziz   shoir    qilgin    bo’lmasa    o’ldir

Qalbimni    go’zal   navoga    to’ldir

Raxmat    deb    aytmasa   el    ichra   kimdir

Yozdirmay   qo’yaqol  ,  qo’yaqol   ey   do’st

Yuzimni    qalbimga   tenglolmas    kimdir

Xudoning    xoxishin    bilolmas    kimdir

Ichimdagi   dardim   pinxona  jimdir

Inson  zoti   o’zi      g’ofildir   ey   do’st

Shunchalar    ham    sevadimi    inson    degani

Shunchalar    ham   qiynaydimi   hijron    degani

Daryolardek    toshdi    ishqimizning   ta’rifi

Lek  biror   kim    bilmadi   bu  savdoni  ey  do’st

Otash   bo’lib  yonar   hijronda   dillar

Yillarga    tenglashar    go’yo    sog’inchli   kunlar

Jannatday   tuyular   menga    yor    yurar   yo’llar

Shu    yo’llarda   bir   giyohcha    bo’lsaydim    ey   do’st

Olov    bo’lib   yondim    ishqing    dastidan

Xotiralar    qiynar   yana    dardning   ustidan

Daryodek   kelib   quyilmasa    jismimga    yorning    visoli

Ikki    dunyo    yonib   o’taman   olamdan    ey   do’st

Sevgimga   isbotdir    ko’ksimdagi   yurak

Tinchin    yo’qotib    beo’qshov   urar

Necha   yildan    beri    yorga    talpindi   demak

Undan    kechishim    endi     xiyonatdur    ey   do’st

Tishlarim     orasidan    chiqmas  tilim    keragida

Uzoqdan   yor   kelar   ko’zim    alqadi

Nigohi    ila    sehrlab    qo’ymasidan    meni

Yurarga   joy    topolmayman    hayajondan    ey  do’st

Beg’ubor    sevgimning    beg’ubor    hislari

Fasillar    aylanar    baxor ,  yoz-u,    qishlari

U  siz    o’tgan   har    hijronli    kunlarim

Xazonlardek    to’kilaman    kuzlarda   ey   do’st

Biror    shoir   qoldimi    ishqdan     yozmagan

Asirlar    o’tar   ekan    bu   mavzu    eskirmas

Yuz    bora    berilsa     hamki    dunyo    qaytadan

Yuz    bora   muhabbat   kuylanib    o’tar

Olam    shohid    ishqimizning  pokligiga

Uni    xech    kim    sevolmaydi      menchalik

Yodimda   rashk    qilaman    uni    o’zimdan

Qo’llaridan    ushlolmay   sevaman    ey   do’st

Umir    bir   yonib    o’chgan    shammi    ey   do’st

Yo    ezgulik    ko’zidagi    nammi   ey    do’st

Bedardlar    ko’zimga     ko’rinar    balodek

Faqat     Olloh    tushunar    dardimni   ey   do’st

 

Oshiq    ko’nglimga   maslahat

Tokay   ko’nglim     ishqni    deya     og’rinasan

Bu    dunyoda  sevgan    faqat   sen   emasku

Yig’lab-yig’lab    o’lib   ketdi  qancha   shoir

Ishq    degani    oxiri   bor    yo’l    emasku

Daraxtlarga    qo’ygin    boshingni

Dardingni    ayt ,  ular   eshitsin

To’qson    to’qqiz    tomirigacha    titrab

Shoxlari   ila   seni   yupatsin

Bag’ringni   bos ,  yaylovlarga    bir

Ko’ksing    ila    zaminni   eshit

Butun    dardingni  olgaydur   tuproq

Baxtingdan    hur   osmonga   uchgin

Sog’inchlarsiz   muhabbat    yo’qdur

Qulog’ing   tut   tarix    so’ziga

Bundan   topgaydursan   taskin  ,  bir   orom

Boshing    eggin   faqat  ‘’ Olloh’’  o’ziga

Taqdiring   izidan    bor ,   o’zligingni  top

Qulog’ing  kar ,  ko’zing   ko’r  qil    o’zga    yo’llarga

Baxtning   shu  yo’lda   sening   mendan   maslahat

Sevganingni   zor  qilma   , sensiz   kunlarga

 

Munojot

Men     kuylayin ,  siz    eshiting    navolarimni   Xudojon

Chalib  ,  chalolmagan    sozim   kuylarimni   Xudojon

Men    yig’layin ,   siz    ariting  dardlarimni    Xudojon

G’amlar   ezib    qo’ydi  boshim   oxlarimni    Xudojon

Hayvon    inson   bo’lmas   ekan

Axmoq    dono    bo’lmas    ekan

Yaxshi  otga    bitta  qamchi

Yomoniga   mingta  ham    kam  ekan

Otalar    tushunmasa    otaligini

Onalar    tushunmasa    onaligini

Boshim   olib    qayga   yoray

Ayting  ,  ayting    Xudojon

Oqibat  yig’laydi   beun

Haqiqat   o’lgani   uchun

Sarflab     aytaman  bor   imkoniyat    kuchim

Insof    bering   har   bandaga    Xudo

Tushunmadim     inson   zotin

Balchiqqa   qorar     yaxshi    otin

Imon    yig’lar   o’rtada   yetim

O’zing    qutqar , qutqar    Xudojon

Odam    Ato  ,    Momo    Havo

Ayting   kimdan     o’tdi    bu    xato

Yaxshilarga    yomonlar    jazo

O’zing   qutqar ,  qutqar    Xudojon

Qiyomat-u,   qoyim   bo’ldi

Bu    dardlar    meni    shoir   qildi

To’ldi  ,  to’ldi   paymonam    to’ldi

O’zing   qutqar  ,  qutqar    Xudojon

 

 

Aytsammikin

Do’stga   aytsammikin    haqiqat  ,  rostini

Tikanga    to’ldirmasmikin     bir    kun   oyoq    ostini

Kimga  aytishimni   xam      bilmayman    hatto

Aytganim     bilan    bu    darddan    meni    qilolmas    judo

Osmonga    aytsammikin    dard-u,    zorimni

Ko’zgu    bo’lib    ko’rsatar    balki ,  ul   sevar   yorimni

Evaziga    berardim   hatto  jonimni

Ko’rsatsa   xam    taqdim     etolmas    visol    onini

Dengizga    aytsammikin     barisin

Zilol   suv   ila    toza    qilar    ko’ngil    shishasin

Yo’q    shunda   ham     adog’iga    yetolmas

Shayton    degan   nopok   qora  olasin

Sozimga     ochgan     edim     ko’ngil   kitobim

Oxiri   bo’lmadi    hech   yig’isin   oxin

Bas ,   aytma    der   boshqa    ayriliq    chog’in

Dardimga   chidolmadi    hatto    buyuk    soz

Ollohga    aytsammikin    bu   dardning    har    birin

Ochgin    deya  bu    hayotning   jumbog’in   sirin

Ko’rsatarlar     balki    ul   zot    yozgan    taqdirin

Taqdir   bo’lsa   ham     bu    og’riqlar    bermaydi   tinim.

 

Vatan       va     inson

Mehnatsiz    rohat ,sabrsiz     toqat    bo’larmi

Gunohsiz   odam  ,   odamsiz   gunoh   bo’larmi

Do’stlar   aytingchi   sizga    bir   savol

Vatansiz   inson ,   insonsiz    vatan   bo’larmi

Donoga   jahl  ,   nodonga   aql    bo’larmi

Yolg’onchiga    vafo  , rostgo’yga    jafo  ,   bo’larmi

Hijronsiz    muhabbat  ,   sevgisiz    bu    olam   bo’larmi

Aytingchi    vatansiz   inson ,   insonsiz   vatan   bo’larmi

Yulduzsiz    osmon  ,  oysiz   tunlar    bo’larmi

Bearmon     umr  ,  qanotsizga    shukr    bo’larmi

Kiyovsiz    kelin  , kelinsiz    to’y   bo’larmi

Vatansiz    inson  ,   insonsiz    vatan    bo’larmi

Ijod   o’tida    mayli   qaynat   qonimni

Ezgullikka   fido   qil    mayli   jonimni

Vatan    kechirmagay    aslo  hoyin  ,  zolimni

Vatansiz    inson  , insonsiz   vatan   bo’larmi.

 

Ba’zi      ayollarga

Foxishalik     libosin   kiygan   ey  ayol

Nahot    senga    inson    bo’lib   yurish    keldimi  malol

Gul  umring   bu   yo’lda   topgaydur   zavol

Senga    ne   yetmadi    aytgin  shu  savol.

 

Bir    yo’lda   birlashamiz

Bir   yo’lda   birlashamiz

Ezgulik   uchun   kurashamiz

Haqiqat    bo’lar   hamdam

Qo’lingizni   bering   ey   odam

Dard   chekib   tutmang   motam

Ongli   insonmiz   zotan

Kurashib    bellashamiz

Bir  yo’lda   birlashamiz

Birlashish   fursati   yetdi

Bo’laqoling  vaqt  ketdi

Savobli   bo’lsin   kunimiz

Bir   yo’lda   birlashamiz

Zamonaning   zayliga

Yomon  bo’lmasangiz   e   mayliga

Haqiqat   g’alaba  qozonganda

Kelinglar   baxt   sayliga

Shu   uchun    kurashamiz

Bir   yo’lda   birlashamiz

 

Sinab    ko’r

Do’stning     do’stligini   bilish   istasang

Sinovlaringda   bir   sinash  istasang

Boshingga    tushsa    g’am ,  tashvish    sinovlar

Qochmoqlikka   shu    zahot      otin  jilovlar

Soxta   do’st   molinga  , boringga    sherik

Chin    do’st   oringga  , yo’g’ingda   sherik

Soxta    do’stlar   o’xshar   qalbaki   pulga

O’tkazmoqlik   bo’lsang    bilinar    shunda

 

Shukronalik

Unitilmas    bir   siymoman    ijod  bilan   bo’lsam   gar

Tushunilmas    bir   xatoman   undan   ayro  yursam  gar

Endi    bizlar   tanishdek   shuncha   yillar    o’tganda

Shukronalik    bo’ldi    men    ijodga ,   ijod   menga   yetganda

 

Kechirasiz

Kechirasiz    kechirasiz    yuz   bora   kechirasiz

Shunda   gumonlarni     dildan   butkul   o’chirasiz

Chin    dildan    sevsangiz    agarda   meni

Borligimcha   meni    qabul     qilasiz

 

Bir    imkon

Sizni    sevgan    oshiq   yigit   men  bo’laman

Ko’nglingizga     kirib   olgan    o’g’ridaman

Taqdir    aylantirdi    maqsad    toshimni

Qaytib      keldim   mana    artib    ko’z   yoshimni

Imkon     eshiklarin    oching   men   uchun

Gullarga    to’ldirgum   yo’llaringizni    bu    uchun

Egib    keldim    egilmagan    bu    boshimni

Qaytib   keldim    mana     artib    ko’z   yoshimni

Ko’p   yillik    sevgimning   hurmati   haqqi

So’nmas    sizga    bo’lgan    sevgimning    qudrati   zavqi

Sevgi    zab    etdi   qalbim    quyoshin

Qaytib   keldim    mana   artib   ko’zyoshim

 

Kuting

Sizni    sevaman ,   sevaman    biroq

Taqdir    yuzlashtirmas    qiynadi    firoq

Yaqin    yo’llar   xam    tuyular   yiroq

Umidsizlikda   so’lar    dilimdagi   chiroq

Bir    dardimga    qo’shilar    ikkinchisi   yana    dard    bo’lib

Holimni    so’ramas    biror    inson   mard   kelib

Hammasiga    chidayman    mayli   o’zim    mard    bo’lib

Bir   kuni    yoningizga     boraman    shirin   dard   bo’lib.

 

 

Olti     kunda     yaralgan    olam

Olti   kunda    yaralgan    olam

Unda    hayot    borliq    mujassam

Barchasini    e’tiborga   olgan   u   odil    hakam

Qancha    tasannolar  aytsangiz  ham   bu    kam,  kam

Bir    yili   to’rt    faslga  teng

Qish   bu    qahraton ,  baxorni    yasharish    deng

Yozda    pishiqchilik  ,  kuzda   tugalish

O’tgan    lahlazalaringiz     baxtiyorlikdir.

 

 

Yorimga

Tilim    bulbul   kabi   sayrar   sizni  ko’rganda

Dilim   yayrab   quvonar   sizni   ko’rganda

Qalbim   osmon   kabi    yuksalar   sizni   sevgandan

Axir   sevib   qolgandimda    bir   ko’rgandan

Keling    dardimga    davo   bo’ling   siz

Kuling   qarshimda   navo   bo’ling   siz

Sizsiz   hayot   tatimas   menga

Ilohim   baxtimga   omon   bo’lingiz

Baxt-u,   iqbol   yonimda   turar   siz   bo’lsangiz   yonimda

Omad   qushi ,   ortimdan   quvar   siz  bo’lsangiz   yonimda

Baxt   yulduzim  abadiy    porlar   gar   bo’lsangiz   yonimda

Kuy  ,  qo’shiqlar   yaralar   siz   uchun   mening  ko’ngilxonamda

 

Go’zallik     siymosi

She’rlar    ketidan ,   she’rlar    tug’ilar

Dardlar   ketidan ,  dardlar  yig’ilar

Sevgilim   siymoyingiz   yonimda  tuyular

Sizdan    yiroq   bo’lsam   gar

Mayin   musiqa    eslatar    sizni

O’ylamay  bo’lmas   bir   lahza    sizni

Nega   hayot   ajratdi   bizni

Sabrimizni    sinash   uchunmi

Bu   dunyo    sinoat ,  sinovli   erkam

Ko’ngillar   hech   to’lmas ,  hayot   o’zi   bir   kam

Shu    laxzalarda   sabr   qilib   o’tgan   kunlarim

Sizni   menga    eslatar   tinmay

Ishq   girdobi   yutsa   gar    omon   qo’ymaydi

Shuncha   oshiqni   yutsa   ham  zinhor   to’ymaydi

Asli   mahabbatsiz    bu   dunyoda   yashab   bo’lmaydi

Kuting   yorim   bir   oz   sabr   axir   zarar  qilmaydi

Ko’zguga   boqib    o’zimni   topmay

Sizni   sura’tingiz    takror   ko’rinaverar

Hayol    ichra ,   surgan   hayolim

Sizni   menga   eslatar   tinmay

Birga  ko’rmasak    ham    quyosh   botishin

O’zingiz    termulib    intizor     qarang

Unda   ko’ringaydur   mening   sevgim   otashi

Kun    bo’yi   nur   sochib   so’ng   umidsiz  botadi   yana

Yuzingizni   yoritsa   har    tong    oftob   jilvalari

Sochingizni    silasa    mayin    shamol   nafasi

Labingizdan   o’psa   gar   zilol    suv   chashmalari

Sevgimga    isbotdir   tabiatim   mo’jizalari.

 

Kechikkan    dard

Ko’z  o’ngimdan    o’tdi    qancha   oy   u   yillar

Bir-birin   kutib    intizor    bo’ldi    qancha   dillar

Maqsadsiz    o’tgan   kunlarim   balki   bir   kun   unut  bo’lar

Kechikkan   dard    hayotimga   ma’no   bo’lib   kirib   keldingmi

 

 

O’n    sakkkiz   ming   olam

Yer   yuzida   yotadi

O’n   sakkiz   ming   haqiqat

Har    biri    bir   millatdek

Bo’y   cho’zadi   qatma-qat

Toshlar    o’zi   bir   olam

Qushlar  o’zi   bir  olam

Bunda   bari   so’zlashar

Tildan   tilga    sirlashar

Shu    olamlar    ichida

Mamnun  kelar   shoircha

She’rlar   yozar    o’zicha

Shunda   deyar  so’zicha

Hoy    qushlarim ,   qushlarim

Kaftimga   qo’ning  qushlarim

Yo’l-yo’lakay   yuring   siz

Menla    suxbat    quring   siz

Ey   shoirim,   hoy   shoir

Seni   qaydan    bilamiz

Sofdilmisan    yo    nokas

Aytgin   qanday   bilamiz

Voy    qushlarim   qushlar  e

Men  shoirman   hokisor

Sizga    yozgan   she’rlarim

Ko’nglimdayin    beozor

Aytgan    edi    so’zlarin

Qushlar   qalbi    quvondi

Barisi    qo’liga    qo’nib

Shoiriga    inondi

Birorta   qush  qo’nmasdi

Odamzotning   qo’liga

Magar   sofdil    bo’lsa   bas

Hamrox   bo’lar   yo’liga

 

Omin

Xudoyim  bir    lutf  ko’rsat

Men   xam   baxtli    bo’layin

Sevgilimning   yoniga

Nurday  to’lib   borayin

Xayoldamas   xayotda

Orzu   xam   bir   sarobda

Uni   bir   kun    ko’rmasam

Oshiq    ko’nglim     xunobda

Xayotning   tashvishlari

Tuganmas   yumushlari

Menga   raxm  qilmaydi

Yolg’onchi   qilmishlari

Sabr   qo’lidan    tutdim

Imon   yo’lini   tutdim

Shukrona   mening   do’stim

O’zing   qo’lla   Ollohim

Niyatim   bir   xokisor

Yolg’iz  sendan   umidvor

Yolg’on   so’zlar    ba’zilar

Qilib   o’zin   beozor

Kutaman      najotimni

Najotimni     kutaman

Sen    qo’lingni    cho’zmasang

Dardim     kimga    aytaman.

 

Raxm     qil    falak

Ey  falak ,  oxim   eshit  , jismu-   jonim  hijrondadur

Sho’xi    shaddot ,   ko’zi   oxu ,  ko’nglim    ul ,  tili   biyrondadur

Necha    yilkim   ishqida   ovvoraman ,  devonaman

Raxm   etgil  ,  men    telbag’a ,  bo’lsamam    sarsonaman

Ko’zlariga    ko’zim    tushdi   boshimdin   uchdi   qushim

Ul   qush    birla    uchib    ketdi   mening    xalovat ,  xushim

Shul   sababdin   yuzlanar    senga   bu   oshiq    bechora

Raxm    etmay ,   qilmagin    sen   maning   dilim  ,  dilpora.

 

Yorginamning

Meni   deya    egildimi    boshchalari

Shudring   tushgan    gul   bo’ldimi    qoshchalari

Muhabbat   neligin   avval   bilmasdilar

Bilib  endi   tun   bo’ldiki   yuzchalari

Yuraklari    bundan  tuyg’u   bilmas    edi

Ko’zlari    ham    ishq   deganin   ko’rmas   edi

To’satdan   muhabbat    eshik  qoqqanida

Yig’lab – yig’lab   ko’l  qildiku  ko’zchalari

Kelmadimda   , bilmadimda      holingizni

Meni    deya     ko’p   qiynamang   joningizni

Meningdayin    bevafolar ,  bag’ritoshlar

Yaramaydi  yupatishga   dilingizni

Ming   yig’ladim    siz  xam   bir  bor  yig’lab   ko’ring

Sog’inganda   bag’ringizni  tig’lab   turing

Olov   bo’lib   sog’inchlardan   yonmasak   biz

Bu  sevgini    qadriga    xech   yetolmasmiz.

 

Yaratganni   suygan   bandalari

Ollohimning   suyganlari   mard    bo’ladi

Ko’zlarida   ming   xil   ma’no   dard  bo’ladi

Ezgu   yo’lda   jam   bo’lishar  ular   birga

Niyatlarida   savob   ishlar   shart   bo’ladi

Yod   olurlar    xaqni   kunda  ming   bora

Ko’ngillari  to’lmas   shunda   xam    zora

Har    amalin   oldidan   aytishar   Yo  Rab

Haq   nuridan    ko’ngillari  shod   bo’ladi

Hokisorlar  ,  beozorlar ,   mo’minlar   u

Mehribonlar  olijanob    insonlar   u

Payg’ambarlar    yo’lini   o’ziga   tilagan

Yaratganni   suygan    bandalari   u.

 

Xotiralar

O’tib    ketdi    sizni   o’ylab    qancha   yilim

Ko’rsam   kuldi  ,  ko’rmasam    yig’ladi   bu   dilim

Muhabbat   shunchalik    azobmidi   gulim

Sog’inchlarga   ermak    bo’ldik    nahot    bizlar

Qiziq   bu   dunyoning   ishlari   yor

Uchratar    so’ng ,   ko’rsatmaydi    sizni   bir  bor

Ezilib  , ezilib   nola   qilar   ko’nglimdagi   tor

Unga    ham   bu   azobdan     tinim    bo’lmadimi

Esimda    yoshlikda   o’tgan    kunlarimiz

Yonma – yon   terib    borardik    paxta   xirmonlarin

Men   sizni   sevardim ,   siz   meni   tanimasdingiz

Ko’nglingizga    sevgi  hali    begona    edi

Beg’ubor    kuzatib    turardim   holatingiz

Jannatlarni    bag’rida    go’yo    edingiz

Sakkiz    bahor   bor   endi    xotira   va   men    orasida

Endi     ko’rkam ,   navbahor    siz,   qiz    bo’ldingiz

Shunchaki   qarab   bo’lmas   ko’zlaringizga   ham

Ular   oq    va   qorani    tanishib    bo’ldi

Har    boqishingizni   o’tli    savoli   bordir

Menimcha    ikkimizni    birlashamiz    vaqti   yetdi

 

Ollohim

Ishq   bobida   sabrim   yo’qdir ,  sabr    bergin

Yuragimga    jura’t   yo’qdir,   g’ayrat   bergin

Ro’yolarda  qolmasin   ul  sevgan    yorim

Ikkimizni  uchrashtirgin   bayram   qilgin

Bir   yil   bo’ldi  sevganimni   ko’rmadim   men

Diydorini   ko’rib –  ko’rib   to’ymadim  men

Uni   eslab  sog’inchlardan   o’lmadim   men

Tasodifmas ,   taqdirimda  uchratgin   sen

Axir    senga   bu  ishlar    oson –  oson

Mening   uchun   ko’zim   ko’rmas   to’zon –  to’zon

Ox   netayin   azobdaman   yomon – yomon

Yuragimning   yarmi   udir   ishon  -ishon

 

Baytlarim    qatorlarida   yashaysiz

Eng  boshida-sizni   ko’rgan   kunim   yashar

Ikkisida-yuragim  talpinib   sizga   shoshar

Uchida-gapirolmay   sizga   ovvoraman

To’rtida-aql   u    xushimdan   xam   begonam

Beshida-o’taverar   oyu   kunlar

Oltida-   sog’inchlar  ,  g’ururdan   ustun  kelar

Yettida-    taqdirdan  yordam ,  kutaman   men

Sakkizda-   a’lamim    ichga   yutaman   men

To’qqizda-   sog’inib   sizga   atab  she’rlar  yozdim

O’nida-    she’rlar   yig’ib   kitobim   tuzdim

O’n  birida-   sekin ,  asta   shoir  bo’ldim

O’n   ikkida-   kasbimni    ham   topib   oldim

O’n   uchida-  qalbim  so’zga  to’la  siz   tufayli

O’n    to’rtida-    Xudoni   xam   ko’p   tanidim  siz  tufayli

O’n   beshida-   boshim   mag’rur  ko’tarib  dedimki  men

O’n   oltida-    jonim   sizga  satqa  bo’lsin  yorijonim.

 

Yaratganning    tengsiz  bandasi

Yursangiz   olam   nurga  to’lar   yuzingiz   yog’dusidan

Payg’ambarmisiz   yo   farishta    buni  bilolmam

Shunday    hokisorsizki    nurday   beg’ubor

Ko’zingizga   tik   qarab   bo’lmas   bunga   yo’q   iloj

Xotirjamsiz   go’yo   tabiatga   qo’shilib   ketgan

Ishonchingiz   o’zingizdan  ildam  yuradi

Bu  ne   mo’jizaki ,  bu   ulkan   muhabbat

Xotirjamlik   yaratganga    bo’lgan   buyuk   muhabbat.

 

Yo’lchi   yulduz

Yo’lchi    yulduz     yo’llarimni   yoritgin    sen

Dardlarim    ko’p  , dardlarimni  aritgin   sen

Osmonlardan  chiqib , har   kun ,  tun  kechada

Savolim   ko’p ,  javobingni  aytchi      yulduz

Yo’lchi  yulduz    sen  ham   mendek  bedormisan

Yor  bo’yniga   osilmagan   tumormisan

Necha  yilkim   bir   so’z  demay  sukutdasan

Osmonlardan   bezidingmi   yo   yo’lchi  yulduz

 

Meni    adolatsizliklar     shoir   qildi

Haq   qalbimni   nolishini   eshitmadi  odamiy

Eshitmaykim   zulmat  ichra   nur   bo’lmadi   odamiy

Yo’llarimni    tutdi   bir  dard   oxir   bu  yuz   qarolikdin

Toma-toma   ko’zlarimda  nam   bo’lmadi   odamiy

 

Muhabbat   uchraganida

Dengizman   sohilimni   topolmadim

Oshiqman   yorginamga  yetolmadim

Aylanib-aylanib   olam  uyini

Ishqdan    ko’ngil       uzolmadim

Yordan   ko’ngil   uzolmadim

Qalbimda  yashar   shirin   xotiralarim

Biri  ayblab , biri   qo’llab , eslaydi   meni

Qayerga   olib   bormay   ishqqa    asir  jismimni

Ishqdan   ko’ngil   uzolmadim

Yordan   ko’ngil  uzolmadim

Bu   shundayin  qattiq   zanjir   erurki

Ko’zga    ko’rinmas    lek  uzib  bo’lmaydi

Ipsiz   bog’langanimni    tushunib   yetdim

Ishqdan   ko’ngil  uzolmadim

Yordan   ko’ngil  uzolmadim

Dunyo    kezib   ishqdan   elchi  man  endi

Oshiqlarga    maslahatgo’y    yo’lchi   man  endi

Muhabbatsiz   kunlarim   abadiy   so’ndi

Ishqdan   ko’ngil    uzolmadim

Yordan   ko’ngil    uzolmadim

Yor    ismin ,   so’zlar    endi ,  tilim  do’stlarim

Ma’yus ,  horg’in    tortdi    yuz    u     ko’zlarim

Talpinib  –  talpinib   yashar    unga    qo’llarim

Ishqdan    ko’ngil    uzolmadim

Yordan    ko’ngil   uzolmadim

O’n   besh   yoshda   uchradim   buyuk   muhabbatimga

Dardlar   yomg’ir   bo’lib   yog’di   shirin  musibatimga

Ollohim    uchratdi    meni   qanotsiz   farishtaginamga

Ishqdan   ko’ngil   uzolmadim

Yordan  ko’ngil   uzolmadim

 

Nazdingizda    men      kimman

Yaxshimanmi –yomonmanmi     sizni     sevdim

Ishqingizda       kecha-kunduz      yonib      kuydim

Bir     ko’rishda     oshig’ingiz      bo’lib       qoldim

Ayting      yorim ,    siz     uchun     men  asli    kimman

 

Majnun      bo’lib    ortingizdan     yurmasam   xam

Oshiq    bo’lib     bir     yilda    bir     ko’rmasam  xam

Asli     sizdan     o’zgasini     demasam    xam

Ayting      yorim   ,   siz     uchun     men  asli   kimman

 

Ko’z      o’ngimdan    o’tdi     qancha     suluv    qizlar

Jayron     ko’zli ,   sadaf     yuzli   ,    jonon    qizlar

Barchasini     demay      yurak     faqat     sizni      istar

Ayting     yorim  ,   siz     uchun     men   asli   kimman

 

Fasllardek     tovlanadi       ko’ngil     qurg’ur

Yoningizga     yo’latmaydi      meni     g’urur

Bilaman   bu    yo’lim    xato    xaqiqat    shudir

Ayting     yorim ,  siz    uchun   men  asli     kimman

 

Taqdirimni     bilib     turgan      yaratgan     xam

Shuning      uchun  sokin  erur     xaqiqat    xam

Barchasiga    ko’nmay     ko’nglim    yig’lasa   xam

Ayting     yorim    siz   uchun   men   asli   kimman

 

Bevafo     deb  ,   jafo     birla      xaydang   mayli

Yo   bir      umrga     sevaman     deb    turing    mayli

Ikki     yo’ldan      birisin     tanlang     sizga      muxlat

Ayting     yorim    siz   uchun   men   asli   kimman

 

Baytlarim       sizga     yetsa

Baytlarim       sizga        yetsa ,   mening        baytlarim

Labim      bo’lib   ,   labingizni        silaydi       ular

Bilib   ,   bilmay     yozgan      hayajonli     paytlarim

Shamol      kabi         sochingizni    silaydi      ular

 

Ko’zingizdagi      ma’nodan       yaralgan      ular

Yuzingizdagi      yog’dudan      tirilgan     ular

Mung’lig’-ma’yus      ko’zlardan     yozilib      tunlar

Navo    bo’lib          borgaydur      sizga       baytlarim

 

Diydor     qiyomatga        qolsa    xam     balki

Niyatim       ushalmay     so’nsa    xam   balki

Dilimda      bor     umid  ,    istagim     shuki

Bir      umr ,    siz     bilan    yashar    baytlarim

 

Sen      deya

Shu  vaslingdin       ilxomlanib      shoir     bo’ldim     sen    deya

Ishq       o’tidin       kuylar       solib        hofiz     bo’ldim      sen     deya

Osmonlarga     yetdi      bo’yim   ,   kamolimga      bo’lding     sabab

Ko’rgan      kunim    ,   ko’zlarimga        ma’no      to’ldi      sen   deya

 

Xayotim      u      gunohimga      tarbiyayu      odobsen

Adabiyot      dengizida      o’zing       yolg’iz       madadsen

Ruhiyatim    olamiga      misli      tengsiz       quvvatsen

Dunyolarning      ichida    bir  ,   dunyo     bo’ldim     sen    deya

 

Laylat   ul      qadr     kechasida

Osmondan       nurlar     yog’ildi       bu   tun

Laylat        ul     qadr      kechasida

Dillarga   ,    yulduzlardek       niyatimiz     ko’p

Asli       himmat      kechasida

 

Ko’zga      ko’rinmas  ,   go’yo        farishtalar     bilan

Davralar        qurib    ,    tushamiz      o’yin

Sahargacha         zulmatni       yoritib        birga

Chalamiz      cholg’usiz       visolning      kuyin

 

Ketishadi       tong       otgan       zahoti      ular

Va     birga       ob    ketishar     niyat      zanjirin

Yaratganning        oldiga         bir- bir     to’planib

Aytishar        eng       go’zal        niyatning     birin

 

Eng     go’zal       niyat  ,  eng       go’zal     savobdir

Uning     mexridan      olam     nurga     to’ladi

Niyatlarning       bobosi     shu     bo’lsa     kerak

Ijobatlar     bo’lsin      iloxo      omin

 

Shukr     egam

Sabr     qilib     o’tdim     qancha       dovonlardan

O’zni      tutib ,   chetda     turdim       nodonlardan

Asli      odam  ,    shaytonsifat      yomonlardan

Shukr     egam   ,    imon     berib     asraganingiz  uchun

 

Necha       bora       shayton      chiqdi       yo’llarimdan

Ketdik       deya      tortdi     qancha      qo’llarimdan

Sizni     eslab ,   quvdim     uni      izlarimdan

Shukr     egam   ,   g’ayrat     berib        suyganingiz    uchun

 

Chinakam     do’st     asli     o’zi    siz     ekansiz

Qalbimga         madad     bergan      so’z     ekansiz

Boshim     egib  ,   mexringizdan     tilay     o’zga

Shukr     egam    ,   dardlar    berib      qo’yganingiz     uchun

 

To’rt      kunlik     bu      o’tib       ketar      dunyolardan

Shayton     aldar   ,   xom    xayol    u      ro’yolardan

Sarob       kabi       mavxum      bo’lgan        yolg’onlardan

Shukr    egam    ,    meni       asrab       yurganingiz      uchun

 

Tangri      o’zi     qo’llar

G’iybatlarga      quloq     tutma ,    u    do’zaxga          chorlagaydir

Munofiq       yo’lini      tutma    ,     bor    azobga       yo’llagaydir

To’rt      kunlik       bu    sinov      o’tar    ,    uning       g’alabasi     bordir

Mo’min    bo’lsang    ey      do’stginam       ‘’ollox ‘’    bizni        qo’llagaydir

 

Umring       boricha      aylan       dunyoni  ‘’Ollox ‘’-day     do’st   topolmaysan

Shubxa     qilsang  , bu    shubxangni     oxiriga     yetolmaysan

Tun    u    kunda     joning    asrar ,   xam     do’st ,  xam  olloxing    seni

Jannat    yoningda     turar    nega  , u     do’zaxdan     kecholmaysan

 

Xato      qilsam

Nafs        atrofimdan     tinmay     aylandi

Tavba    qildim     yonimdan     uzoqlab      ketdi

Ming      shukr-u,    xamd  , sanolar     aytdim     xudoga

Ming     baloy-u,     ofatlar       yirog’lab     ketdi

 

Chetelda     yurgan     ba’zi     ota –onalarga

Farzand       bu   dunyodagi        eng      buyuk      sinovdir

U    bir     nixol      parvarishga      muxtojdir

Kamolda       ikkingiz  , ikki    qanot      bo’linglar

Volidai     muxtarama      munis     onalar

Padar –u,      buzrukvor      ey    aziz    otalar

 

Panox     bo’ling    , panoxingiz     bo’lgaydur

Qanot      bo’ling    ,   qanotingiz       bo’lgaydur

Qush     uyasida      ko’rganini     qilgaydur

Volidai      muxtarama      munis    onalar

Padar-u,      buzrukvor   ey     aziz    otalar

 

Uzoqlarga      ketsangiz     mol-davlat     topish      uchun

Tirikchilik   ayb  emas  ,lek   bu    holat    nechun

Ortingizdan     go’daklar     qolar     termulib

Volidai      muhtarama    munis      onalar

Padar-u,    buzrukvor     ey   aziz   otalar

 

Qizlaringiz    yomon     yo’lga     kirmasidan

O’g’illaringiz     yomon   otliq     bo’lmasidan

Hayotingiz     butkul     izdan    chiqmasidan

Qaytaqoling    munis  ,   aziz    onalar

Padar-u,       buzrukvor     ey    aziz     otalar

 

Bu       yo’llarda       dunyo      boyligin     topsangiz    xam

To’xtamaydi      kechikkanda     ko’zingizdagi      nam

Qanoat      qiling      baxt-saodatga     eltar      yo’qchilik       xam

Volidai     muhtarama     munis     onalar

Padar-u,     buzrukvor    ey    aziz     otalar

 

Sog’inganda      farzandingiz     o’zingizni

O’ylayverar    har   bir     aytar       so’zingizni

Molu –dunyo     ko’r     qilmasidan     ko’zingizni

Qayta     qoling      munis   , aziz     onalar

Padar –u,     buzrukvor    ey   aziz   otalar

 

To’g’ri      torting     vaqtning      xaq     tarozisini

Unutmang    xayotning      burch  ,   ma’nosini

Shunda      eshitgaysiz     ezgulikning     asl    sadosini

Volidai     muhtarama     munis    onalar

Padar-u,      buzrukvor       ey    aziz   otalar

 

 

Javobsiz      muhabbat

Na     sevgimiz      bo’ldi      doston

Na     sevgimiz       bo’ldi     armon

O’rtamizda      sukut       podsho

Ayriliqlar     tegdi      jonga

 

Na     siz      keldingiz      yonimga

Na      men      bordim      yoningizga

Gumonlardan      charchadi     ishq

Shuncha     azob     bo’larmi    jonga

 

Ko’zingizga     termulib      birdam

Sexrlanib       qolaman      nogox

Aytar       so’zim      unitib    gox-gox

Hayajondan     tezlar     yuragim

 

Ilk     muhabbat     ishqiy     g’uncha

Ifori      xush     bo’y      taratar

Asiriga      tushgan      oshiq

Qalbi     navo  ,  kuy     yaratar

 

Shundan     barpo     erur    hayot

Ishqdan      yaralgandur     olam

Sizning    yodingiz     birla    xatto ,

Yorug’      bo’lur      ko’ngilxonam

 

 

Baxt     kaliti

Buzuqlikning      qilma    yod

Dilingni     qil      gulobod

Ruhing      poklanur       shunda

Tuzatar     chin     e’tiqod

 

Ishqning      ildizi      ishonch

Ko’ngilning     baxti      quvonch

Do’stlar   , mardlar      oldida

Bo’lma      g’animga     muhtoj

 

Desang       baxtli          bo’lishni

Ko’kda      oyday      to’lishni

Sabr   ,  shukr    ,    qanoat

Va      mexnat      etagidan     tut

 

Pinxona        muhabbat

Muhabbat      ko’nglimning      mangu       chirog’i

Yoningdan        ketolmay   ,   jilmay      sevaman

Ko’zlaring     mavj     etgan      dengizlaridan

Nigoximni     bir     zum     uzmay      sevaman

 

O’z      holimga       lolman   ,    parishonxolman

Laxzada     ishq   tig’iga  ,   aniq      nishonman

It     kabi     ostonangda     qadri      somonman

Ishqingda     o’z    qadrim      bilmay     sevaman

 

Yoningga     bir      kelmadim   ,    aybga     buyurma

Men     shunday     jur’atsiz  ,    ko’p    xam     qayg’urma

Bir       kun     ko’rishib    qolsak     yana     kuydirma

Hech    kimga     bildirmay ,    pinxon     sevaman

 

Tarix

Ajdodlarim     taqdiri      bitilgan       qog’oz

G’am ,  andux     baxt      kuyi   ,   dardli     bir     ovoz

Sening       hikmatingdan     topdik     biz     e’zoz

Qalbimning      nurisan  ,   durisan       tarix

 

Shoxingdan      tortib      gadoinggacha

Donish     u      tabib  ,  shoir   Navoinggacha

Poyingga     bosh    eggum   ,   xizmating     uchun

Biz     uchun      jon     bergan      chumolinggacha

 

Bag’ringdagi       gavxaring   ,dilim        mulkidir

Minorai       kaloming      yurtim     ko’rkidir

O’zbekiston       shunday     buyuklarning      yurtidir

Bizning     ildimizsan    ,  sabog’im       tarix

 

Bir –birining      qurboni

Mendan     kechib      ketganlar  ,  bo’ldi      bir      talay

Lek     qayg’uga     botmadim   ,dilni    tirmalay

Ilk    sevgimdan      ko’nglim  , qoldida     attang

Ilk    sevgim     chin     muhabbatga     yo’l    ochdi     qarang

 

Kechikkan     baxor

Kechikkan      baxor       mendan      nima     istaysan

Men      qishni        tanladim  ,   endi     meni    qiynasan

Qumsagan     vaqtim    qaylarda     eding

Oromim    yo’qotib , nega      tinch     qo’ymaysan

 

Bir      kuy    chal

Bir       kuy     chal     naychi      ilonday       to’lg’onayin

Ishq     dardidan     xarobman    qayta       jonlanayin

G’amgin      yuzim      pardasin      kuy    ila     qo’y    bekitib

Shodlik      hisin      dilga     soch    baxtimdan     tovlanayin

 

Uvoli      bolasiga     urar

Otaning     kasriga       qolsa      gar      farzand

Qayda      adolatdir  ,    qayda      xaqiqat

Bechora      poradil    ,   begunox     essiz

Bor     umri      xastalik  ,   tolei       baxtsiz

 

Kun     o’tar   ,oy     o’tar ,yil    o’tar      shunday

Na    yura     olar  , na      to’yib     yig’lay

Sho’rlik      odamday     xam     yura      olmaydi

U   uchun       mexribon      yolg’iz      Xudodir

 

Farzand     deb     kuyib  ,yonmasa      joning

Ne     uchun    yaratding  ,ermak   uchunmi

Unda     sen    nodonmas  ,  erursan     xayvon

Shunda      bilaqol      asl     zotingni

Ota –ona   nodon    bo’lsa      farzandda     ne    ayb

Shul     murg’ak     ko’zlarga     raxmim        keladi

Chin     mexr-shavqatga     ular      ko’p     zordir

Bilmam       erta     ular        kimlar     bo’ladi

 

Sizni      sevmay     man   o’lay

Vatanimni     sevay

Chamanimni     sevay

Madanimni     sevay

Sizni    sevmay

Man     o’lay

 

Sayraganda      bulbullar

Shodmon    bo’lar     ko’ngillar

Bulbullarni      sevayin

Sizni    sevmay

Man     o’lay

 

Yurakda      bir   dard

Yozdirar     uzun     bayt

Baytlarimni     sevayin

Sizni     sevmay

Man     o’lay

 

Ishq    bu     azobli     daryo

Keltirar     boshga     g’avg’o

Yuzingizga      bo’lib     shaydo

Sizni      sevmay

Man     o’lay

 

Bu     dunyo     bir     yolg’onchi

Ishq      deya      jon   olg’onchi

Bo’lib       visolingizga      tilanchi

Sizni      sevmay

Man    o’lay

 

Kaftingizda      qushchalar

Suv      ichar      bulbulchalar

Ular     go’zal     bunchalar

Qushchalarni     sevayin

Sizni        sevmay

Man    o’lay

 

Ko’zingizda    yulduzlar

Yorishasiz     kunduzlar

Sizga    xavas     bo’y    qizlar

Ko’zingizni      sevayin

Sizni    sevmay

Man    o’lay

 

Mayli      men     xam    o’lmayin

Siz   xam     qiynalmang    ortiq

Bu     dunyoda       sevmayin

O’la     ko’rmang     shu     xavotir

 

Buxoroda

Baxtim    ,  dardim      buxoroda

Qalbim    ,  shaxdim      buxoroda

Maning     jonim     aningdur

Topmayin       jismim      bedavoda

 

Oyda       ko’rdim   , aksin      ul

Rasmin     chizdim  ,   misli     gul

Vaslin     istaydi       ko’ngil

Tuzalmas       dardim        buxoroda

 

Azobing    ,   qiynog’ing  ,firog’ing

Davodur    men     uchun     dudog’ing

Baxt     erur     laxzalik      sarobing

Mani      borim   ,  yog’im       buxoroda

 

O’zbek     nomi

Dunyoni   bir  iborasi    oldi    o’zbekning

O’chmas     nishonasi     bordir       o’zbekning

Erta     tangri    oldida     xam     yuzi      yorug’dir

Mard     o’g’loni  ,    butun    imon     shoni     o’zbekning

 

Parijon

Oy      shulasida     orom     olar      parijon

Sochlarini      mayin      tarar     parijon

 

Oydin     yuzi       ko’zim      olar    parijon

Ko’rgim        kelar  , sarob      bo’lar    parijon

 

Sevsam     yuragi    yo’q      uning

Oshnosi      bo’ldim     man     shuning

 

Nigohi     chertdi     yurak

Yurakning    dardi    bir     tilak

 

Men     uchun    u    tanxo     malak

Tilagim     endi    parijon

 

Yuragim     qushday      bo’lib

Uchdi     osmonlarga     kulib

 

Bu     holatim     ko’zga     ilib

Ko’zlari     kuldi      parijon

 

Yetmasam    xam    uning    o’zi

Vafoli    erur    menga

Shu      kifoya    ,  baxtim     butun

Yuragim      quvonchi     parijon

 

Ona

O’g’il       bo’lib      ko’nglingni        hech      yig’latmasam

Tilimdan        dilingga     g’amlar     yo’latmasam

Boshingdan      baxt      qushin         hech     qulatmasam

Ona    sendan    qarzimni      uzay      qanday

 

Sog’inch     bilan      to’lib     borsam      buxoroga

Onam     sendan       ustun     desam     dilozorga

Boqsam     faqat     onamdayin     hokisorga

Ona     sendan     qarzimni    uzay    qanday

 

Umrimni     poyingga    dildan    sadqa   qilay

Yo’lingga     jannat     gullarin    xadya     qilay

Birda     o’g’ling ,  birda    quling     hamdarding     bo’lay

Ona    sendan    qarzimni    uzay   qanday

 

G’aflat     bosgan    izlarimdan     uyalaman

Meni     suymas     o’shal    yorga    kuyunaman

Borib –borib     oxir     senga      suyanaman

Ona    sendan      qarzimni     uzay    qanday

 

Qudratingdan     lolman

Olloxim      qudratingdan      xayronman  ,   lolman

Mexringchun      poyingda     egikman ,   tolman

Sen   ne    qilsang   ,  qilursan      hikmating    bois

Ishqing      misli     dengiz  ,   men     undagi      xolman

 

Quyoshingman

Olamni      tark     etsa   quyosh    butkul    nogaxon

Tun   u   kun     bir      bo’lib      qolsa    begumon

Ishqim     yoritardi     jaxon  ,    porlab      nur      misol

Shunda      anglarding     meni     o’zing     xurvisol

 

Hurmisan     yo   malak

Hurning      jufti     farishta

Sen      hur  ,   kim     farishta

O’tasan    yog’du    sochib

Jon   olasan   bir     kulishda

 

Yuragim     senla     yengil

Seni    qumsaydi    ko’ngil

Tanxo    istagi      shu   dil

Sen    ila     bir    bo’lishda

 

Sendan   oldin    gulobing

Kelar  ,   guldir     dudog’ing

Sevgin     bo’lay      muroding

Bejon    o’zim  ,   shu     turishda

 

Husning     bezatib       falak

Jonim    etardi     halak

Ayt     hurmisan    yo   malak

Hayajon    solursan   ,   bir    boqishda

 

Nay

Ezgulik     yo’liga     kim      bo’lsa      xamdam

Uning      bag’ri       nay     kabi     poradir      xar    dam

Shul  sabab     bu   dillardan    chiqqay     xush    sado

Mexr  ,   muhabbat    nafasi    ila     yaralgay     navo

 

Bu    yo’lda     yurgan    xar    bitta     odam

Ko’ngli     nay   , qalbi     nay  ,   tili    lutfga     shay

Bir    oz     mexr     ko’rsating      ko’rasiz     shunda

Sevinchdan    tomchilar    yoshi    ,     ko’zlari     naydir

 

Visoling     men    uchun

Visoling     olmakim    ,    xididan     to’ygum

Kamoling     ko’rib     yor        ichmay     mast    bo’lgum

Yetishmoq     laxzada      bo’lib      o’tsa   xam

Uning     pok       yodi    ila       bir      umr     qolgum

 

Ollox       biz       bilan        birga

Yaratgan      egamiz   qo’llaydi      illo

Mexribon   ,   mo’tabar ,   karimdir      Ollox

Kimning     jismu-dilin      kemirsa      dard  , g’am

Xudoyim     bor    bo’lur      yonida      xar    dam

 

 

Bir      vatan   ichida

Bir    zamin       hokidan       barpo        erurmiz

Bir      vatan    ichida       davron     sururmiz

Men     xam    , sen    xam     pok   qadaming     birla

Sof      niyat      ila     olg’a     qadam     qo’yurmiz

 

Yo’q     demang

Qarshingizda      doston     etsam,      shu     ma’yus      ko’nglim

Zinxor      yo’q     deb     xaydamang ,   bulbulizman     gulim

Sizsiz     yashab    o’tishdan    ey    vox     qo’rqaman

Axir     muxabbatimsiz     tirik     murdaman

 

Yo’l     yurib    ,   mo’l    yurib    , sizni     ko’ray    deb

Sizni    xam   ,  o’zni    xam    baxtli     qilay   deb

Yuribmanda      men    xanuz  ,   Xudodan      tilab

Bir      umr     siz      bilan     mangu     bo’lay     deb

 

Ko’zingiz     surmali    ,  oxudir   ,   kamon

O’ylasam      xolati     yomonman  ,yomon

Ko’nglingiz      olayin     bering    bir     imkon

Yozganim      barisi      ko’nglimdan    nishon

 

Go’zal   va     pok     o’zingiz    ,   xo’p    ishqim     tushdi

Boshimdan      xalovat      qushi     xam     uchdi

Firoqqa     chidolmam  ,   ichim     yomon   tor

O’zingiz     qutqaring    ,bo’lmasimdan   xor

 

Yaratibdi      Xudoyim       sizni      xur   qilib

Ko’zlarimga      ma’no    ,  mangu     nur    qilib

Menichi    ishqizda       tutqun  ,  qul    qilib

Gullarga     boy   chamansiz   ,  olmayman     yulib

 

Yomon     deb      o’ylamang      ko’nglim      gul    ,toza

Poklik     suvidan     ichganman    rosa

Imonim      bor  ,axir     unga    bo’lar     ishonsa

Zora      shunda     sevsangiz    ,   ko’zim       quvonsa

 

Nodirajon     xar    oxim      yetib      falakka

Oy     yuzin  ,   tun    misol    etsa    nogaxon

Yo    RAB     bu    ne    xol     deb     bo’lmang     parishon

Bu      sog’inchli      holimdan     andoza   ,   nishon

 

Nodiraoyim

Majnundururman

Mamnundururman

Ey     yor     yodingdin

Dilipokdururman

 

Lola    yang’lig’      labingni  ,   gulshakar      bolidin

Man     suv      ichsam     bir      umr     shodmondururman

Ul      kavsar     misol      jonimg’a    jon    bo’lg’ay     yorijon

Gar      yo’q      desang      nolasi     osmondururman

 

 

Quyosh     qalbim      sen    tomon    mexrini     sochar

Shul      ko’zlarim      pardasin      sen   uchun      ochar

Ko’rsam     o’zing    borlig’im     dengizdek    toshar

Bir      gul    uchun       nur      sochar       quyoshduruman

 

Ey     vox      sani       ko’rib     man     bo’ldim        bir      be’mor

Bexol      tanim   ,  yo’q     mador  ,    xusningdan    gulyor

Zinxor     nazar    solsang    bulbulingga   ey   guldor

Bir     dod     solib  ,    baxtimdan      bexushdururman

 

Zinxor      ta’ma     qilmam    ,  g’unchadek     nozik     belingdin

To     soflik      ko’rursan     menday     ojiz    oshig’ingdin

Gulim       ketma      yiroqlab     sayroqi     bulbulingdin

Bir    tan    o’zim   ,   jon    o’zing      bejondururman

 

Farzand

Ota-Ona      bor    ekan   ,  xayotda     borsan

Bor     bo’lib     xattoki    bus-butun    jonsan

Mayli       kim      bo’lmasinlar   ,    yomonmi      garchand

Burchingni     ado    et     kechikmay     farzand

 

Bellaridan     quvvat   ,    ko’zlaridan      nur

Ketganida    o’zing     xizmatga    shay     tur

So’zimga     kirmay      burib     ketma     yuz

Mag’rurlik     ildizin      bitta     qolmay     uz

 

 

Har     nima    qilsang  ,   o’zingga    qilasan

Yaxshimi-yomonmi     qaytar     bilasan

Joningga     raxm    qil   ,    imonga    yo’l    och

Nodonlar      bazmiga      bora    ko’rma     qoch

 

Do’stim     baxt    emasmi   izlaganing     xo’p

Bunday     oltin     ne’mat      bedardlar   ichra    yo’q

Sabrni      do’st     bil   ,    mexnatni      qanot

So’ng     shukring     ado    et    o’lguningcha    xo’p

 

To’g’ri ,xalol    yasha     baxting    bo’lar    but

O’tmish   va      kelajak     g’amini    unut

Mexnat    qilding    endi     samarasin     kut

Maqsadim    xayotda    imon   bilan    o’t

 

Oxu

Ko’zlaring      munglidir   ,  hursifat      o’zing

So’zlasang    eng     nafis     bo’lurdi      so’zing

Majnunga      Laylisin    eslatgan     xam   sen

Mexrini   to’lg’atib    yig’latgan    xam    sen

 

Men   uchun    xam     o’zing     go’zal     timsolsan

Yor    qoshi  ,   ko’ziga    tirik     misolsan

Ey     nazokat     guli      oxuyu   jayron

Shunchalar    o’xshashsan    o’zim   xam     xayron

 

 

Ijodxonamdan   ,  dam     olish      xonasigacha

 

Uyqumning     yo’lini     to’sdi      she’riyat

Takror    va    takror    ortga     qaytardi

Bu   tun     uyg’oq      bo’ldim      uning     dastidan

Uxlamay    xam    dam     oldim  ,    o’z   she’rim     mastiman

 

Sizni       qattiq     sevardim

Azizim    ,  tanxoim     men     sizni    sevardim

Buning     nesin    aytay    , nima    xam     deyin

Sizni     unashtiribdilar  ,   o’zga     birovga

Muhabbat     ne     bilmagan    , qalbi     qirovga

 

O’ylaysiz    men    o’tsam     bir     boqmaydi    deb

O’zingizni    ,  o’zimga     hech     yoqmaydi      deb

Tabiatim    shunaqa     odamoviroq

Xudo     xaqqi    o ‘zgaga    boqmayman    biroq

 

O’ylardim     taqdirdan    kelsa    bir     himmat

Siz    ila    tanishib     qurardik     suhbat

Kuta-kuta    o’tdi     ox    necha     muxlat

O’zimcha      xayolan      tuzardim       hikmat

 

Noumid    emasman  ,xali    xam    vaqt    bor

Axir      yugurganniki    emas   ,    buyurganniki     bu   bor

Toki     yasharkanmiz    shu    dunyoda    birga

Ko’nglim     o’zingizdan      bo’lgay    umidvor

Ayrilma

Muhabbat      go’zal        tuyg’usan

Muhabbat     shirin       kulgusan

Jilmayib   tursang    sokin

Sevinchdan    titrar     hokim

 

Do’stim     muhabbatdan     kechmoqni    qilmagin    niyat

Axir     u    emasmi     seni    niyatli    qilgan

Yuraging    pokladi  ,qalb    ko’zing     ochdi

Endi     tonib     ketsang     yaxshi    bo’lmas  bu

 

Parizod

Jayron     ko’zli      parizod

Hajringdan   qilgin     ozod

Ishqing     ta’nimga    qafas

Yuzing     ko’rsat   bir   nafas

Kelsang    senga    beray   jon

Sodiq    qolgum    begumon

 

Ko’zing     yashnatur     ko’zim

Quyoshman    senla   o’zim

Oftob     yuzli      gulyuzim

Senla     shod    yashar    Nozim

 

Qalb     durlarim      sen   uchun

Yaralgansan     men     uchun

Sevsang     yo’lingda    borman

Faqat      bir   senga      yorman

 

Ishonmagin     birovga

Mos   emasdur ,   sen    oyga

Ochil    ,   so’lmagil     ey     gul

Baxtdan     porlagin       butkul

 

Yuragim    bo’m- bo’sh

Yuragim    bo’sh-bo’sh

Ko’zlarim     to’la    yosh

Sevmading    bag’ritosh

Bu    yerdan    olib     ketay     bosh

 

Dil      lavximda      isming

Chizilgandi     hur     jisming

Uni     o’chiray     qanday

Seni     sevar    kim   menday

 

O’ngimmi    yo   tushimmi

Uchib     ketgan     qushimmi

Avval    olib     xushimni

So’ng    oqizma    yoshimni

 

 

Osmon     qaro    tun-tun

Ko’nglim    undan    erur    xun

Mendan     yaxshi    bo’lsa    ul

Baxting     butun      bo’lsin   gul

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *