Muhabbatnoma
O’tmish zamonlarida bir Najot ismli oshiq yigit bo’lib , uning go’zal xislatlariga ega yana bir inson yo’q ekan .Najotning Gulijon ismli xusnda tengsiz qattiq sevgan yori bor ekan.Gulijonning ishqida tinmay Majnunona baytlar to’qir , tilida uning ismi yechilmas ,adosiz tugun ekan . Gulijon , Gulijon deb zorlanib , extiros ila aytardi .Ammo Gulijonning bag’ri tosh bo’lib , qalbida mexr-u, muhabbatdan asar yo’q ekan .SHu sababli Gulijon Najotga parvo qilmas ,parvo qilsa xam pisand qilmas ekan.Ko’zlari Samimiylikdan porlab turgan , qalbi ishqdan dengizdek to’lqilanib turgan oshiq yigitning muhabbati javobsiz qolgani va suvsiz qolgan guldek suyganidan parvarish , mexr va e’tibor topmayotganidan o’zi xam guldek bir joyda so’lib borardi .O’zini tobora xolsizlanayotganini sezib , yori o’tadigan ko’chalar tomon yo’l olib , manziliga yaqin bir tutning soyasida turolmas xolatda o’tirib , Gulijon kelishini kutardi .Azaldan aytishar qattiq sevgan kishi suyganini ko’ziga tik boqib ,dil izxorini aytishi oshiq kishi uchun eng qiyin ish deb, shu sababli Najot qalbidagi beg’ubor , pok ,nafis va go’zal tuyg’ularini kuy orqali bildirgisi kelardi.Uning yonida doim nay sozi bo’lib , mudom uni bag’rida saqlardi.Najotning eng og’ir damlarida va shodmon kunlarida quvonch-u, g’amiga sherik shu sevimli , ajralmas ,jonsiz ammo jon bag’ishlaydigan do’sti , sozi edi .Quyosh ufq tomon yaqinlashib , uni otash ranglarda bezatib , atrofga xayajonli manzaralarni tuxfa etayotgan paytda , uzoqdan Najotning ko’ziga u tomon kelayotgan Gulijon va ikki dugonasi ko’rindi . Najotning qalbida xayajondan sel toshdi .Nixoyat bu uch go’zal oshiq yigitning oldidan , beraxm va bag’ritoshlarcha nigox tashlab , kulib o’tib ketishdi . Najotning extirosli muhabbatiga ulkan dard qo’shilib , sozini qo’liga olib , o’n sakkiz ming olamni yig’latguvchi nola qildi .Olam yuzini ko’rib , lek dard ko’rmagan bulbullar va turli tuman jonzotlar bu xolatni ko’rib , eshitib umrlarida ilk bora ko’z yoshi qilar edilar . Qushlar Najotga qo’shilib nola qilar edilar . Oshiq yigit uchun kuyar edilar. Xattoki ochiq osmonda xam birdan qora bulutlar paydo bo’lib , Najotning nolasi avjiga chiqqan pallada , bulutlar xam bor vujudlari bilan hamdardlik yoshini to’kar edilar . Uning qalbidan qush bo’lib uchgan nolalar Gulijon tomonga shoshilardi . Najot ma’yus tortgan ko’zlari bilan yori tomonga boqib turar, dardli nigoxi ortingga qayt , qayt deb turardi go’yo.Nolalar bu uch qizning quloqlariga oxista yetib ilindilar va ularning ko’zlaridan mexr va muhabbat yoshi bo’lib chiqdilar .Najotning go’zal , samimiy xislatlarini o’zida jam qilgan ishqiy nolasi Gulijon va ikki dugonasini qalbini shuqadar tez o’zgartirib yubordiki ,ayniqsa Gulijonning qalbida mexr tuyg’usi tug’yon urib , bunday go’zal navodan qattiq ta’sirlanib , chidaolmay bir zumda dardga to’lgan ko’zlari bilan ortiga qayrilib Najot tomon nafislik va ulkan xayajon bilan yugura boshladi . Uning yugurgan yo’llarida go’yoki jannat gullari ochilardi .Janubdan qaytgan shamoldek u tomon shoshib ,ko’zlarida paydo bo’lgan ishq bulutlaridan tinmay sevinch yoshlarini oqizib borardi . Bu xolatni ko’rgan Najot cheksiz sevinib ,oyoqqa turib ,yori tomon madori yetguncha ildamlay boshladi .Ular shu intizorlikda xuddi ming yillik oshiqdek biri-birilariga talpindilar va et va tirnoq kabi bo’lib qo’shilib ketdilar . Go’yoki bir ta’naga ikki jon kirib bir butunlikni kasb ettidilar .Najotni muhabbatidan topgan go’zallik va qaynoq mexr uni oyoqqa turg’azib yubordi.Ular juda baxtiyor edilar . Baxtlaridan yer-u, osmon charog’on , baxtli edi . Gulijonning ikki dugonasi o’zlarini va Gulijonni o’zgartirib yuborgan mo’jizadan lol edilar . Bu mo’jizaning nomi muhabbatnoma edi .