Men va tun
Sokin tun
Sokin tun
Nega dunyo dun
Kunga boq
Kun beorom
Yig’layman yum-yum
Men ezgulik farzandi
Edimku butun
Bir soddadil ko’nglimla
G’amliman nechun
Oshig’im
Oshig’im
G’am chekma bukun
Asli dilingdagi dard
Har nedan ustun
Dardsizlar yig’lasin
Sen kulib yurgin
Baxt imon bilandur
Bedard bebaxtdur
Bir haqiqat
Yo’qlik paytim pisand etmadilar
Borlik paytim uyat etmadilar
Qo’llarin cho’zdilar , o’zni tortmadim
Himmatim hamdam lek , nazar etmadim
Beandisha yerlardan ketganim bo’lsin
Nigohim tashlamay o’tganim bo’lsin
Ota ona tarbiyasi
Ota ona farzandiga bersa ezgu tarbiyat
Saxroda xam ko’karur el , gullab yashnar jamiyat
Avvaliga qaytmas kishi , yo’lin mudom yoritsa
Go’zallika oshnolikdan , baxtga do’st odamiyat
Munofiq kim
Munofiq kim , munofiq xam ojiz banda
Shodu –xurram bo’lsang senla qilar xanda
Nochor bo’lsang yordamin xo’p qilar va lek
Xato qilsang el ichra etar sharmanda
Munofiqlarning oqibati
Avval shirin so’zlar aytib keldilar
So’ng ko’zlarin mushuknikidek nochor etdilar
Ishlari bitib eshaklari suvdan o’tganda
O’zlarin mag’rur tutib tonib ketdilar
Quyosh misol
Quyoshday uyg’onib tug’ilding , kelding
Olam nima erur anglading , ko’rding
Umring obodlab pok imoning bilan
Quyoshday botding , baxtlisan yutding
Xayot
O’zligimga yetishtir imonim bilan
Imonimga vafodor vijdonim bilan
Mayli bu yo’lda jonim olaqol
Faqat iltimosim tezroq bo’laqol
Nodira
Nodirajon , nodira
Ey hurdan xam bokira
Ko’ngil qo’ydim men senga
Nima deysan sen menga
Faqat seni ko’rdim ravo o’zimga
Kimligim jo qilgum ushbu so’zimga
Sen ibo bekasi , men sendan uyatdil
Qalbim bir dengizdur , duri ko’zimda
Ikkimizga bitta baxt bo’lib bo’lmaydi
Siz uyon , men buyon ketib bo’lmaydi
Bir butun qalb shuki ikkiga bo’lsang
Avvaliga qaytmaguncha qalb deb bo’lmaydi
Sizni tanlaganim nafsdan kechganimdur
Ey pokizadil hurim
Ikki ko’zimda nurim
Sizsiz o’tyapti umrim
Nozim axtargan gulim
Sizsiz go’zaldan go’zal
Menchi ishqizda kasal
Yozdim tentirab g’azal
Dilimga o’xshash dilim
Hilol yuz ,malak sifat
Ko’nglim suygan shu jihat
Ko’p xam kuydirmang faqat
Firoqni suymas ko’nglim
Otash ishqdan dil yonar
Ko’nglim baxordek uyg’onar
Ko’ksim darddan to’lg’onar
Buncha bo’lmasam so’lg’in
Sevishga yo’qdir holim
Sevib bo’lmayman olim
Mexrim shunday berayki
Baxtdan porlang guloyim
Muhabbatjon
Muhabbatjon , muhabbat
Maftuningman to abad
Seni sevgayman faqat
Muhabbatjon , muhabbat
Baxor buluti kelar
Menga qo’shilib yig’lar
Esimda o’shal kezlar
Muhabbatjon , muhabbat
Quvonch yo’q dil so’zimga
Kelolmayman o’zimga
Ma’no yo’q qish , yozimga
Muhabbatjon , muhabbat
Fursat g’animat yelar
G’animatmiz u bilar
Sensiz Nozim xam o’lar
Muhabbatjon , muhabbat
Yolg’iz ketsam men agar
Bil ruhim notinch kezar
Sen deb jannatdan kelar
Muhabbatjon , muhabbat
Yoningizga o’zimni topib kelaman
Men xali o’zimni topib kelaman
Shunda siz kutgan Nozim bo’laman
Bilaman ey hurim , gulim bilaman
Axir o’zligimsiz men xam so’laman
Ustozim xayot
Xayot ey beshavqat ustozim mening
Sabog’ing olyapman xar kuyda sening
Ilonning zaxridan jon bergan o’zing
Bulbulning kuyidan jon olgan o’zing
Xayot biror shafqat qilmading menga
Men o’zni topmaguncha urding beayov
Mana bugun qaddim tik , baxtdan mamnunman
Seningdek do’stim bor , men xam mag’rurman
Zulmatda nur qidir degan o’zingsan
Quyoshday ufqqa botgan o’zingsan
Gohi mendan kech , gohi oldin uyg’onib
Yo’limda kutib turgan xam o’zingsan
Baxorim
Baxorim ochdi gulchiroy
Gulshan aro noz aylar bir oy
Vasliga chorlar o’zi
Borsam sarobdek gul yuzi
Bog’ u ro’g’lar chaman lolalar
Quvalashib o’ynar bolalar
Jannat xidi bo’yim oralar
Hurlar baxtimdan nishonalar
Ko’nglim ko’rki baxor u bo’ston
Izlaganim bag’ri guliston
Vatanim gul himmati osmon
Mexribonim hur O’zbekiston
Jo’shib sayrar novdada bulbul
Hayajondan titraydi bedil
Oshig’i ul lola yanoq gul
Baxtidan har kishi mamnun
G’animim
Ey g’anim , to’sma yo’lim , ikki qo’lim boshingdadur
Jaxlim chiqsa osmon seli abadiy ko’zyoshingdadur
Men ezgulik yo’lin istab yo’lga chiqqan bir yigit
Do’stim bo’lsang muxaxxaxkim quvonching qoshingdadur
Munofiq bo’lma chunkim , haqiqat erur yo’lim
Ezgulik bo’lmish daraxtman , suvsizlik bermas o’lim
Kamoling de , kamolingni tilaydi ikki qo’lim
Sen yer o’psang men poyingdan topajakdurman qo’nim
Men izlagan ayol
Ey qalbi baxor bo’lib tug’ilgan ayol
Yursangiz siz tomon ketgaydur xayol
Men qishman ,bag’rim muz baxtim o’zingiz
Qalbim oftob etajak xayotbaxsh so’zingiz
Tengsiz xuzningizga bino qo’ymayin
Siposiz , yashaysiz mag’rur bo’lmayin
Meni deng , sizni deb yashay o’lmayin
Keling endi ishqingizda men xam kuymayin
Nozingdan
Noz ishva xaddidan ko’p oshsa bo’lmaydi gulim
Sizga nozlar xo’p yarashur inkor etmaydi dilim
Samimiylikdek go’zal bir tengsiz xislat bor ekan
Unga oshufta meningdek orzumandlar yor ekan
Yurakda dard , dilda g’ubor
Ishqing azoblar ey nigor
Go’zallar ko’p , ko’pi beor
Munosibim o’zing ey yor
Yolg’onchilar
Ey inson farzandi eshit dil so’zim
Munofiq dastidan sarg’aydi yuzim
Yaxshilik olmagin zinxor ulardan
Bir kun yaxshiligin minnat qilarkan
Munofiq zotiga zor qolgandan ko’ra
Tanam o’t ichra yonsin bir yo’la
Gar zor qilsa xamki ul qodir egam
Bilginki jonim chiqquvchi shul dam
San’at
San’at naqadar go’zalsan yo Rab
Qay hislating birla , buncha suyuksan
Nafasing aylar xushimdan ayro
Muhabbat butun bo’lagingmi yo
Hislaring jonimni ishqqa chorlatar
Ertangi kunimni orzu porlatar
Nolangday sabola uchib ketayin
Kutganim visolga senla yetayin
O’ta samimiysan , o’ta kamtarin
Muhabbat singlingmi , ezgulik akang
Yig’laysan , kulasan , mexribonimsan
San’at sofliging dardimga malxam
San’at qo’llaringni qo’llarimga ber
Meni xam ola ket go’zallik tomon
Jon do’sting bo’laman xafa qilmayman
Suymasang sensizlik azobi yomon
Shukrini ado qil
Xudoyimning qay ne’matin qancha uzoq istasang
Bas shukrini ado qilgin noshukrlik aylama
G’unchadek ojiz joningla qilsang xar dam yomonlik
Sen tarix ekib , xosilin bug’doy deya o’ylama
Qalbim to’lib kuylasam
O’n sakkiz ming olam eshitsa men kuylasam o’zni unutib
O’n sakkiz ming jism aro mexr sochsa qalbim to’lishib
Qismatidan norozilar rozi bo’lsa mamnun bo’lishib
Maqsadiga yetar dilim , bejiz bo’lmas nolishim
Imon
Imon ruhimning libosisan
Imon yuzimning xayosisan
Ko’nglim istar , gul yorimni topsam bir kun
Ul yorimni go’zal etgan ibosisan
Xotirjamlik baxti
Yuzimdagi mamnunlik shukrimdan darak
Ko’zimdagi ma’nolar ishqimdan darak
Qadamlarim oxista , sokindur dilim
Xotirjamman baxtim xam so’zimdan darak
Riyoziyot yo’li
Kimki gar o’z yo’li uzra ko’rsa ramz ul ishora
Borki xaqdin ul kishiga dardu zaxmat nishona
Suhbatidin so’z ochdurur g’oyibona imosi
Tushunmakka ojizdur el , ojiz ilmu donosi
Qalb xaqiqati
Haqiqat samoda uchayotgan qush
Bir joyda qo’nmasa unga tinim yo’q
O’zligin topmagan bir qalb bor ekan
Haqiqat bir zum tinchimas ekan
O’zimga
Yozgan kuning bayram qil , yozmaganing to’y
Ey nozim , shod yasha g’avg’olarni qo’y
Bir bor davronim deb qadding kerib yur
Chegaradan chiqma lek diyonatli bo’l
Vatanimga sodiqman
Sen nomard qulisan
Men mardning guli
Sen yolg’on tig’isan
Men xaqning qini
O’la-o’lguncha
Unutma shuni
Men vatanimga sodiq bandaman
Vatan deb kuyib yongan tandaman
Sen nurga o’xshaysan mexribonlikda
Men yerga o’xshayman hokisorlikda
Yurtga jonin ayamaslik sharaf-shonlikda
Bu fidolik qon yuttirsa xam o’zim ayblamam
Ey hur , baxtim shudir , ko’ngli naydaman
Osmonlarga yetsa yurtim kamoli
Ko’zlarni yayratsa uning jamoli
Bu ishdan quvonib ko’kka yetarman
Kaminani qolmas dilda armoni
Duolar aylagan ezgu tildaman
Muhabbat ramzi ul go’zal guldaman
Vatan deb o’tgan bobolarim
Ruhingiz shod aylar duolarim
Ey mening pokiza momolarim
Izingiz yoritish bizning burchimiz
Rad etsam ikki jaxon armondaman
Ko’ngli yaro, yuzi qaro sharmandaman
Muhabbat
Muhabbat , muhabbat
Hoy muhabbat
Sen uchun ,men uchun
Bunda yo’qdur baxt
Sabr qil ,sabr
Omad keltirar
Eng yaxshi oqibat
Jannatdur , jannat
Muhabbat ,muhabbat
Ey muhabbat
Dersan xayot buncha beshavqat
Ey yorim bariga ko’nmoqlik kerak
Insonlar yaralmish
Asli betoqat
Muhabbat , muhabbat
Bu oshiq yurakka
Bilib qo’y , bilib qo’y
Faqat o’zing keraksan
Yig’lasam , kulsam
O’lsam xatto
Borlig’im , yo’g’imda
Tanxo o’zingsan
Muhabbat , muhabbat
Beg’uborginam
Hijronning tugunin
Yechaylik endi
Taqdirdan iltifot
Bo’lsa
Bo’lmasa
Sen Layli ,men Majun
Bo’laylik endi
Muhabbat ,muhabbat
So’nggi tilagim
Ko’rmay qaytib
Ko’zlaringda yosh
Sen yig’lasang
Men qanday kulayin
Sen uchun urgaydir
mening yuragim
M .ga
Oygo’zaljon bu olamga kelding nechun
Orzu emas , armonimga ketding nehun
Sensiz yashay ololmasman meni tushun
Bu holimdan qanday yig’lab , qanday kulay
Seni jondan sevamanda nima qilay
Muhabbatning mahzunligi ko’zimdandir
Ma’yus horg’in tortgan ezik yuzimdandir
Senga maftun bo’ldim , ayb xam o’zimdandir
Seni sevmay , ishqni tuymay ojiz o’lay
Qidirsam xam topolmasman nima qilay
Taqdir bitgan charxpalak xam aylanadi
Yillar o’tar oy-u, kunlar boylanadi
Kimlar oshiq , kim suymasdan uylanadi
Umrim o’tsin yor baxtingni tilay-tilay
Men bir yolg’iz baxtim sensan nima qilay
Izlab –izlab ko’rolmasam yuzlaringni
Meni oshiq etgan ikki ko’zlaringni
To’tiyo deb o’pamanda izlaringni
Rag’batim shu , mamnun bo’lib zimdan kulay
Shukr qilgum bundan ortiq nima qilay
Farishtadek ko’rgan edim o’zginangni
So’ng oxista ko’rib bordim izginangni
Topdim oxir mo’jazgina uyginagni
Bir chiqaqol afsonaviy yuzing ko’ray
Men roziman ko’rib armonsiz o’lay
Nodirajon
Nodirajon ey hurim
Rabbim yaratgan gulim
Nafis , jannat poyingizga
Gulday to’shayin umrim
Ikki jaxonim va o’zim
Sizgadur ey gulyuzim
Sizsiz yasholmas Nozim
O’zgani ko’rmas ko’zim
Quyosh isitmas dilni
Ko’rgim kelar siz gulni
Dilquyoshim o’zingiz
Eshitsaydim so’zingiz
Hijron bilmasdim , ne g’am
Ko’nglingizga yo’l topolsam
Yulduzman , so’nmasdim xech xam
Nodirajon , Nodira
O’ksima singlim
Nola qilar , qaddi nihol
Lablari gul , chashmi zilol
Oshiq axli bir-biriga
Kuydirmajon , kuydirmajon
Dardi ezar , dili azobda
Gul qiz ko’ngli ro’yo , sarobda
Xayol shirin , lekin barchasi
Uydirmajon ,uydirmajon
Yig’lama qo’y , farishta singlim
Men xam oshiq xastadur ko’nglim
Nopok nafsning to’riga doim
Ilinmajon , ilinmajon
Oshiq kishi samimiy bo’lar
Yorin ko’rsa borlig’i kular
Suymagan kim , nodonlar ular
Aldanmajon , aldanmajon
Abadiy muhabbat
Muhabbat nima u muhabbat qalbim
Ko’r bo’lib qolsa xam meni kutadi
Laxzada ismimni takrorlar tili
Vafosin ming qizga libos etadi
Yo’limni kutadi intizor poylar
O’tsada shu zayl haftalar , oylar
Malolim kelmaydi , ta’na qilmaydi
U uchun azizdur men yurar joylar
Hayratli ko’z tikishi asrga yetar
Olamni bir boqishi charog’on etar
Holimdan bexabar , baxtim tilaydi
Umidin uzmaydi , xafa bo’lmaydi
Nihoyat yorini ko’rganda go’zal
Ko’zidan nur sochar ,so’zlari asal
Turishin ta’rifi tuganmas g’azal
Shunday qizni yuz yil kutsang arziydi
Ey ko’nglim
Ey ko’nglim ul muroding qani
Gul ko’nglim , guldiyoring qani
Jonimdin mosuvo etgali
Ayyorim beg’uborim qani
Ko’ngil qo’ydim sanamga
Qoldim bitmas alamga
Dard kulbasi tanamga
Ul benishonim qani
Bag’ri baxorim qani
Ul benishonim qani
Eslarmikin u mani
Ayt go’zal yorim qani
Ishq mayi
Pardadin ochib yuzingni qara ey hur men tomon
Topgaysan gul yuzingdin oshiq jismimni omon
Xushimdan xam ketib qolgum meni vasling o’ldurur
Vafotimga shul sababdin , o’zga sabab yo’qdurur
Be’mor qalbim tuzalganda
Qalbim ko’zi ochildi , men endi tug’ildim
Olamga , odamga endi ko’rindim
G’aflat axli bilan suhbat quribman
O’tmish ko’chalarin tushday ko’ribman
Najot istasang
Do’stim poklikni yod et , poklik yaxshidir
Ollox taborakning poklik naqshidir
Poklikday senga do’st , hamdam bo’lurmi
Bo’lsa o’zliginga zor ,ilxaq eturmi
Taqdir uchrashtirar ekan
O’ylamovdim yana bir kun ko’rishamiz deb
G’oyibona nazar tashlab turishamiz deb
Go’yo xaqning qo’limizda qildi yuzma-yuz
O’shanda baxormidi yoki edi kuz
Oyning yorug’ kunlarida
Bilmam nedan ko’nglim yorishib ketdi
Dardlarim qog’ozga qorishib ketdi
Balki yetdi so’zlarim xudoga oxir
Neki azob bo’lsa barisi o’tdi
Sevsang u sevilmasang
Ne uchun sevgimga ishonmaysan yor
Sevmading ko’nglimda erimadi qor
Sevgi bir ochilib so’nguvchi baxor
Ortingdan indamay qolaverdim zor
Yuragim tutardim yorim o’zingga
Zor qilib ketmagin jonim izingga
Ranjimam ,ezilmam har ne so’zingga
Na qilay oshiqman suluv yuzingga
Ruxsoring qumsab o’tadi yilim
Kelmading jimlikda tilinar dilim
Firog’ing jismimga keltirsa o’lim
O’tinchim qabrimda yig’lagin gulim
Sevmasang
Suymasa ul yor menikim oromijon aylamam
Tunlarimni qilib bedor , oshiqona o’ylamam
Yo’llarida turib zor-zor qarab zimdan poylamam
Sevgi yo’qki ul yurakka muhabbatdan so’ylamam
Yigit bo’yim g’arib etmam baxorsiz bog’i ichra
Firog’idin nedur maqsad , azobi , dog’i ichra
Gul yuzini sevib bilmay yo’limda to’ldi tikan
Bildimki yor ko’ngli gul emas , dudog’i sirtmoq ekan
Dard
Yigirma yosh edim , tetik , navqiron
Sen kelib yoshligim qaritding yomon
Bo’lib qoldim go’yo qirq yashar inson
Sharobing o’ldirar meni begumon
Tanganing ikki pallasi
Har ishning bordir ikki tomoni
Yaxshilik anglatur biri yomoni
Ne oqibat bo’lsa uning zidi bor
Yomonlik sabog’i misli davokor
Do’stim
Yuzingni ko’ribon bir qarich o’sdim
Yuragimga darmon o’zingsan do’stim
Ba’zida dard bo’g’ar topilmaysanda
Amallab dardimni yodingla bosgum
Navoiy qalbi
Navoiy qalbini eliga qoldirgan zotdir
Qalbi butun elning butun qalbidir
Yo’q , yo’q har bir jonning madadkori u
Yonaman degan qalbning o’tli dardidir
Sevgilim
Sevgilim baxtimning doyasi
Sevgilim qalbimning nolasi
Sevgilim jigarim porasi
Sevgilim dardimning chorasi
Sevgilim mashaqqat qoyasi
Sevgilim Nozimning soyasi
Sevgilim ko’chalari chang asli
Sevgilim Ishqning bir poyasi
Sevgilim yuzimning lolasi
Sevgilim baxtimning xonasi
Sevgilim onasining erkasi
Sevgilim otasining bolasi
Sevgilim atirning eng tozasi
Sevgilim gullarning u rozasi
Sevgilim sevgan yori men rosti
Sevgilim baxorlarning xammasi
Sevgilim jannatlarning orasi
Sevgilim hurlarning eng sirasi
Sevgilim xayotimning ma’nosi
Sevgilim xonadonim bekasi
Sevgilim kipriklari shodasi
Sevgilim mast aylar bodasi
Sevgilim kaminaning orzusi
Sevgilim ko’zlarimning yog’dusi
Oshiq hislari
Go’zal hislar qalbimda jo
Sizni sevib qoldimmi yo
Ishqsizlikdan po’stdek ajrab
Ishq libosin kiydimmi yo
Jismim yondi olov bo’lib
Tushunmaslar boqdi kulib
Kutmaganda oyday to’lib
Chiqib jonim oldizmi yo
Yigit bag’rim bo’ldi tilim
Bir ojiza to’sdi yo’lim
Chora qilmas , falak zolim
Kunim oxir bittimi yo
Muhabbatim qalbimda sir
Ishq ruhimni oldi asir
Nigohingiz jonga ta’sir
Qilib gulday kular go’yo
G’iybat qilmang , oshiq ishin
Hijron sanchar , unga nishin
Yorin o’ylab kecha-kunduz
O’tkazadi yozin-qishin
O’zbek ayoli
Sharq nuridek ziyoli
Iffati mo’l , xayoli
Kulgichi xo’p iboli
Go’zal o’zbek ayoli
Tunda bola deb chiqar
Uyqu ,tinim bilmaydi
Xorimaydi shunda xam
Qirqta joni madori
Dalada xam , uyda xam
Ko’cha –kuyda , to’yda xam
Xizmat uchun jonkuyar
Epchil o’zbek ayoli
Biling shuni erkaklar
Qadring biling ularni
Ozgina e’tibor bas
Qizg’anmang siz gullarni
Siz deb yashaydida u
Kelar yo’lingiz poylab
Bir bor kulib boqsangiz
Qolmas dilda armoni
O’zliging qudrating
Osmondan tushmadik yomg’ir bo’lib
Zamindan chiqmadik maysa bo’lib
Aslimiz topaylik imon bo’lib
Imon bo’lib
To’rt tomon yugurib yelsak xam oxir
Azalda bori bo’lar bu taqdir
Qalbimizga quloq solib yashaylik axir
Inson bo’lib
Do’stim boq dunyoga kimlar kelmagan
Baxtsiz kim , xaqni chin deb bilmagan
Bu xayot mardini xor qilmagan
Yot bilmagan
Bobolar ruxlari madadkor bugun
Yurtimiz tinch , farovon bugun
Istiqlol ko’rsatdi bor qudrat , kuchin
Imkon , burchin
Erkinlik yaratdi bizlarga osmon
Ta’rifimiz bo’ldi olamga doston
Mard uchun ochiqdir xamisha osmon
Keldi davron
Vatanim
Ko’simda tog’dek g’amim
So’nmoqda umid shamim
Holing so’rolmay o’lsam
Meni kechir vatanim
Kimlar darding o’tar der
Sokin jismim qumsar yer
Ketsam o’tli ishqimni
Yig’lab eslatadi she’r
Shunday yorug’ kunda xam
Yuraklarni o’rtar g’am
Lablar kular , dil yig’lar
Qayda u ranjsiz olam
Kuldim , kuldim kulganim
Yoshlik bo’ldi bilganim
Xayot achchiq xaqiqat
Bildim baxor sevganim
Nima bo’lsa xammasi
Ha bag’ringda yuz berdi
Bunga o’zingsan guvox
Kechmishimsan vatanim
Bag’ringda muhabbatimni
Topdim xaqiqatimni
Unutma bir gapimni
Mexribonimsan vatanim
Qizlarjon
Qizlarjon , jon ,jon
Sizga oshiq bizlarjon
Oyday to’lin yuzingiz
Bizni qildi chalajon
Qoshlar qora tim-tim
Kulib kelar kim-kim
Buni ko’rgan yigitlar
Ko’ngli yig’lar yum-yum
Kimlar yig’lar voy-voy
Oshiq do’stim chidayqol
Sabr qilsang bir kuni
Yoring bo’lar o’shal oy
Xasta dil
Ko’zlarimni yashnatur , sochigiz jilvalari
Meni ko’rib o’zlarin xam yashnaydi ko’ngillari
Olloximning siz uchun ko’pdur tuxfalari
Sevgimga isbotdir , tabiatim mo’jizalari
Ariqdagi ra’noni , go’zalligi suv bilan
Qalbimdagi navoni jo’shqinligi siz bilan
Xushimni xam oladi xatto sizni rasmingiz
Boray endi sevgilim , ayting qaysi yuz bilan
Siz yo’q joyda mening turishim bekor
Garchi visolingizga yetmoqlik dushvor
Bedor tunlarimdan axvolim be’mor
Ishqingizda xastadil dilimni ko’ring
Ikki devor orasida
Ikki devor orasidan yor keladur , yor keladur
Bejon tanimga jon bag’ishlab jon keladur , jon keladur
Boshi egik , qomati gul , bizni uchrashtirdi shu yo’l
Ma’yus ko’zi , shirin so’zi , oy keladur , oy keladur
Ilk bor uchratganim shudir
Qalbim sohibasi udir
O’tar yonimdan indamay
Zor etadur , zor etadur
Ishqi ruhimni poklagay
Kunda dilimni yo’qlagay
Vasli ko’nglimni chog’lagay
Aqlimdan judo etadur
Ishqim jismida yashar
Chehrasi nurga o’xshar
Ko’rsam qalbim to’lib toshar
Dilbog’imda bulbul keladur
Yaxshilar
Ne uchun bunchalar o’ylaringiz ko’p
O’ylaringiz ortidan g’amlaringiz ko’p
G’amni xam berdi xaq g’amsizlik uchun
Taskin bermadimi so’zim ,oxlaringiz ko’p
Nopok dillar dastidan
Yuragimga so’zning tig’idan yetdi ozor
Bechora yuragim xam nodondan bo’ldi bezor
Ox qanotim bo’lsa gar , faryod qilib uchardim
Nopoklarning ko’zi tushmagan , vodiylarga qo’nardim
Dili nopok dastidan yuragim yig’lar qonab
Qochib qutulolmadim o’zing qutqargin yo Rab
Dardlarimni cheki yo’q , adog’in bo’lmas sanab
O’z qadrimga yig’layman so’niq aksimga qarab
Men tog’ning cho’qqisiga chiqishnigina emas , cho’qqida turishni o’ylayapman
Bir kun kelib yetishsam gar murodimga
O’shal onda tursam agar oyog’imga
Bir xis qiynab aylanadi gumonimga
Quruq joyda toyitar imonsizlik yomon
Baxt kutmaganda kelur
Omad kutmaganda kelur , kutganda emas
Ko’zingdan alamlar oqqanda emas
Xafa bo’l , yig’la xam demayman also
Ranch chekmay kelgan omad , omad emas
Shayton egallagan qalblar
Qalbi ko’rdan kutma yordam
O’z kuchingga suyan bardam
Shaytonlarga osiy hamdam
Inson emas , inson emas
Yolg’onlardan dil ezilar
Shayton insonday suzilar
Jaxl donoga egilar
Yolg’on emas ,yolg’on emas
Bormisiz
Qizmisiz yo hurmisiz
Yoki otash nurmisiz
Hushimdan xam ayirdingiz
Ey vox yoki gulmisiz
Shirin , nozik kuychalar
Sevintirolmas sizchalar
Yuragim ketdi o’ynab
Dilbog’imda bulbulmisiz
Sirmisiz yo sinoat
Pokliksevar diyonat
Sizga qilmam xiyonat
Men tun , siz kunmisiz
Har kun sizni axtarib
Bo’lib qoldimku g’arib
Topsam dardlarim arib
Qani ayting bormisiz
Soxta san’at
Suv yuzida xasdek so’zing , so’zlaringdan bezorman
Yuragingdan chiqmas kuying , kuylaringdan bezorman
Sen o’zni san’at bilibsan , ammo san’at sen emas
Maqsading to’rt tangadur , maqsadingdan bezorman
Nomard
Tilida shukr
Dilida kufr
Bundaylarni do’stim
Tumshug’iga tushur
Nayrangboz xili
Nomardlik yo’li
Kulib yuzingga
Sanchgaydir tig’in
Illatga chorlar
G’aflatga chorlar
Ne yuz tubanlikkim
Do’zaxga chorlar
Tomiringga tushgan
Qurtdir nomard
E’tiborsiz qolgan
Yurtdir nomard
So’zingni o’qir
G’iybating to’qir
Mana oqibat
Ko’zingdan cho’qir
Maslahatim shu
Qolma o’zingdan
Nopoklarni quvgin
Yurgan izingdan
Yo’limni boshida
Mexringizdan topdim raxmat , hidoyat
Endi o’zigimni qilgum himoyat
Imon yo’lini ochdim nomingiz ila
Meni sizga bog’lar doim toat , ibodat
Imon ,samimiylik ,muhabbat va visol
Biri guldir ,biri hur
Biri dilingdagi nur
Yana biri jon erur
Jonga jondosh xushdurur
Farishta
Farishtajon ,farishtajon , farishta
Kamolimni tilading sen xar ishda
Sening kabi xar nedan pok yorim bor
Yuzlari hur , lablari gul sarishta
Faqat mendan uzoqdadir parivash
Ko’ngli kimda bilolmayman , ko’nglim g’ash
Ko’nglim uyin malikasi shu maxvash
Farishtajon ,farishtajon , farishta
Duo qilgin , murodimga ber xosil
Bu dard meni ezmasidan muttasil
Baxordayin o’tar edi , to’rt fasl
Farishtajon ,farishtajon , farishta
Muhammad Yusuf xotirasiga
(Boshim egilguncha ketsin uzilib)
Hissiyotlar egadi mag’rur boshimiz
Nomard va kibrli insonlar poyiga
Shavqatsizdan shavqat so’rab nima topdingiz
Ular yomon bo’lsa bo’lur , lek mexrli b’o’lmas
Qarshimda nomardlar tursa tizilib
Boshim egilguncha ketsin uzilib
Yuragim yig’lar tinmay ezilib
G’animlar poyiga men bosh ekkan kunim
Seni topdim baxorim
Baxorim men seni topdim botiniy bo’lsa xam
Sening siymoying sevgilimda yashaydi
Shuning uchunmi cho’chir yuragim
Uning yoniga bormoqchi bo’lsam
Qalamim
Qalamim mening , ojizgina qalamim
Sening ila chiqdi , mening barcha alamim
Beminnat toblaysan asablarimni
Poyingga bosh egdiku ,qara g’azabim
Baxorim
O’n sakkiz bayt bittim nomingga
O’n sakkizga kirgan baxorim
Yo’llaringda kutar seni
Oshig’-u, beqaror vafodoring
Yillarimdan topdim seni
Qo’llaringdan tutsam seni
Ko’zlaring sexrlar meni
Yuzlari yorug’ jaxonim
Noming aytib niyat qildim
Qarab tunda osmonlarga
Vasling qolmasin yorim
Faqat endi xayollarga
G’unchamsan , men bog’boningman
Yolg’iz seni shaydoingman
Kuyingda bir adoingman
Vasli jannat baxorim
O’zgarish vaqti yeti
Tilingni bog’la ey do’stim diling bilan
Xayoting o’zgara boshlar xaqiqat kuning bilan
Elda e’tibor topgaysan , odil qaror u so’zing bilan
O’zgarish vaqti yetti bo’laqol do’stim
Butun xalq ergashur odil xaqning ketidan
Mardlar tug’ilaversin , mardlar ketidan
Qarab tursam dunyoning bir chetidan
O’zgarish vaqti yetdi bo’laqol do’stim
Vatan
Noming ulug’, shoning ulug’ , yoding ulug’dir vatan
Olislardan sog’inaman ,qadring ulug’dir vatan
Kuyingda devonai oshiqligim bor mani
Sen yo’q joyda men xam yo’qman suyanganim xur vatan
Oshig’ingga boq borolmaydi suyganini yoniga
Ozor berib yashaydi sevishganlar bir-birin shirin joniga
Ollox xam dard berib suyar bandasini boshiga
Men seni og’rintirmay sevaman vatan
Olislardan sog’intirmay sevaman vatan
Men seni sevamanda
Jonimni xam beramanda
Sensiz bir zum yasholmasman
Ayriliqdan o’lamanda
Har bir inson qilgaydur porloq kelajaging uchun xizmat
Bag’ring yasharib boryapti bu xech kimga sirmas
Chin farzanding sening yo’lingda o’zini demas
Suyangani tog’imsan , bog’imsan vatan
Yomonlarga
Kel safimizga qo’shil , sen xam bizday bo’l
Uyalganda qizarib ketgan xayoli yuzday bo’l
Bizdan ezgu maslaxat senga , holis niyat shul
Yashash go’zallik bilan , uning qadrin bil
Boshim egay poyingga sening
Ufqqacha cho’zilgan manzaralaring
Tabiat sajda qilay , poyinga sening
Osmonlarga bo’y cho’zgan mag’rur daraxtlar
Tabiat boshim egay , poyingga sening
Ayt oxiri bormikin bu go’zallikning
Bag’ringda qalbim kabi oqadi soylar
Ko’zlarni yashnatur bu turfa chiroylar
Tabiat boshim egay poyingga sening
Sening o’zligingdan topdim o’zligim
Bildimki ta’rifing bitmoqlik ekan
Yog’du bo’lib taralaman bu go’zallikdan
Tabiat boshim egay poyingga sening
Muhabbatjon
Muhabbatjon ,muhabbat yuragim
O’zingsan meni orzu , tilagim
Tushlarimga kirasan xar tuni
Sensiz xayotim ro’yodir keragim
Tangrim bitgan taqdirimda bormisan
Sen xam mendek tunlari bedormisan
Sendan o’zgasini sevolmadim na qilay
Ko’zlarimni qamashtirgan nurmisan
Oshiqlarning qismatiga bitilgan hijronlar
Bag’rin o’yib-o’yib qildi qancha armonlar
Naxot beshavqat ekanmi yo ko’xna dunyolar
Muhabbatjon , muhabbat yuragim
Biror oshiq qoldimi ishqdan yig’lamagan
Biror butun yurak bormi menga ko’rsating
Barchamizni shu kuyga solgan faqat
Muhabbatjon ,muhabbat yuragim
Taqdir
Chorlatti ishq tomonga
O’xshab qoldim bobomga
Endi baytlar bitaman
Qarab ul yor tomonga
Unutgandim deganda
Uchrashtirdi ikkimiz
So’nayotgan ishq cho’g’in
Aylantirdi olovga
Ayting oddiy xolmi bu
Kuyayotgan jonmi bu
Ilxom uchun buyuk sevgi
Ermak bir arzonmi bu
Zinxor unday emas ey
Sevgim qurbon emas ey
Sakkiz yildan beri hijron
Dunyo shavqat bilmas ey
Bugun balki tugatilar hijron zarbasi
Ortidan ochilar keng , visol darchasi
Ikki dunyo baxt , saodat poydevori bugun
Taqdir hukmi ila o’rnatilsa , xech ajab emas
Ko’nglim uchun bir kelib ketgin
Sevgilim jon sevgilim
Qiynamasdan kel gulim
Gullar tutay qo’lingga
Hamrox bo’lay yo’lingga
Isming takrorlar tilim
Yoding qo’ymaydi dilim
Ming bor shukr boringga
Lutf ayla bir yoringga
Kel -kelaqol yig’lama
Nozik joning qiynama
Men xam sendek bedorman
Sog’inchlardan bezorman
Quyosh chiqdi yo’lingga
Quyosh botdi yo’lingga
Shunday ma’yus ko’zimga
Tikilib bir boqmading
Dildan toshdi extiros
Ikkimiz most xaqqi – rost
Sendan yagona iltimos
Ko’nglim uchun bir kelgin
Dunyo
Barcha shoirlar sendan olishdi alamlarini
Jaxl chiqsa ishga solishdi qalamlarini
Shundan najot topib ular toblaydi asablarini
Yaxshisanmi –yomonsanmi ta’rifingni keltirib
Dard
Yana qancha qiynaysan ey dard
O’lar bo’lsam , o’lib bo’ldimku
Shundog’am hijrondan kuygan bu jonim
Bo’lar bo’lsam , bo’lib bo’ldimku
Boqiy muhabbat
Ikki dunyo abad-ul , abad
Sizni sevaman yolg’izim faqat
Beshavqat bo’lsa xamki taqdir-u, azal
Shunda xam kechmayman bu ayni xaqiqat
Aslida taqdir beshavqat emas
Bu taqdir sinovlari hikmatsiz bo’lmas
Meni kuting , sizga bo’lgan umidim so’lmas
Sizni sevmagan yurak – yurakmas
O’zbekiston
Vatandek muqaddas yo’qdur butun olamda
Noming abadiy qolgaydir ko’ngilxonamda
Mexr berib asragaymiz xar bir xovuch tuprog’ing
Makka kabi muqaddasan o’zbekiston
Agar mendan so’rasalar qay yurtdan san deb
Faxr ila javob bergum o’zbekiston deb
Seni sevuvchilar senga berishar ko’rk , zeb
Makka kabi muqaddassan o’zbekiston
Dovrug’ing tutdi bugun butun olamni
Tarix eshitdik sening arz-u, nolangni
Bunga javoban aytamiz biz qadrli so’z
Makka kabi muqaddassan o’zbekiston
Ollox nazari tushgan xur vatan , zamin
Mangu yonsin mustaqillik sening umr shaming
Bu niyatlarga yetaylik o’zbekcha omin
Makka kabi muqaddassan o’zbekiston
Ilxom sexri
Qayg’u ,alam dard bilan keldi
Ortidan ilxom o’zin etib namoyon
She’rlar yozar ming xil tuslanib
Shoir etib saylar ,ilxom egasin
Kuchli tafakkur , o’tli nigox birla
Boqar dunyoga xayratla nazar tashlab
Ta’rifin keltirib go’zallik sirin
Olis –olislarga boqib
Sog’inch
Sevar yorim qaydasiz
Qo’l yetmas qay joydasiz
Har kun xayol , o’ydasiz
Kelmayiz yo’qlab bir bor
Qish
Qish xam keldi asta
Yerlar qorga burkandi bir pasta
Dilda xayajon dasta- dasta
Xayratlanib yuraman asta-asta
Qish fasllar hukmroni
Sovuq qaqshatdi jonimni
Sovuqdan qotar barmog’im
Uyga chopqillar oyog’im
Duolar asrar
Oltin olma duo ol
Duo oltin emasmi
Mexnat qilsang bir kuni
Roxat o’zi kelmasmi
Bu dunyoda topganing
Bir qop oltin bo’lsa xam
Balo kelsa mol ,davlat
Duochalik asrolmas
Ota-ona duosi
Asrar doim balodan
Duo olmay ulardan
Yurma kibr-u, xavoda
Bu dunyo
Bu dunyo sinov ekan
Nechun undan tonamiz
Bo’lar bo’lmas g’avg’oga
Olovdayin yonamiz
Izg’irin qish ketadi
Ortidan kelib baxor
Har ne bo’lsa taqdirdan
Ollox xikmat bitadi
Yillar chizar ishq sura’tin
Ayriliqda bo’lsa gar oshiq
Hayot sinar oshiq jura’tin
Bunchalar hijronli bo’lmasa bu ishq
Qalam olib qo’limga mudom
Ta’rifingni keltiray shunday
Senga jonin berganlarni
Bag’rida ochilayin gulday
Senga yetsam
Yulduzlardek yonaman yorim
Seni ko’rganda , seni ko’rganda
Gulqizlardan tonaman yorim
Seni ko’rganda , seni ko’rganda
Toki ayro ekanmiz yorim
Qismat ekanda , taqdir ekanda
Barisi o’tadi yorim , jonim
Sabr qilganda , sabr qilganda
Imon beradi ishonch bir kun
Senga yetishimni , seni ko’rishimni
Gumonlar olmas o’chin u kun
Seni bilganda , seni bilganda
Do’stim
Mag’rur ko’targin boshingni
Ko’zdan artgin ey yoshingni
O’zgaga berma oshingni
Yoningga boryapman bugun
G’am yema bu boshingga ey
G’am yarashmas shu yoshingga ey
Kulib boray qoshingga ey
Yoningga boryapman bugun
Peshonangda go’zal taqdir
Yaratganku o’zi xaqdir
Ko’zing ochgin , to’rt tomon baxtdir
Yoningga boryapman bugun
Kulib yurgin , olam seniki
Baxt u omad , davlat seniki
Barisini aytmoqqa do’stim
Yoningga boryapman bugun
Yig’lamangiz
Nega do’stim bir bor kulmaysan
Boshqalarga o’xshab yurmaysan
Necha yilkim kutib yig’laysan
Yig’lama u buni bilmaydi
Hijronlarga uya bo’libsan
Joning ado qilib qo’yibsan
Boshing ko’tar , yurgin kulib san
Yig’lama u buni bilmaydi
Osmonlarga xayqir sog’insang
Dengizlarga baqir sog’insang
Olislardan chaqir kelmasa
Yig’lama u buni bilmaydi
Beraxm emas asli xudoyim
Nega uchratdi dersan yo’limda
Yolg’on dunyo ishi , yolg’ondur
Yig’lama u buni bilmaydi
Sevgi asli jannatdan kelar
Yuragingga bildirmay kirar
Sabr qilgin baxting xam kular
Yig’lama u buni bilmaydi
Sen kulsang , uchi kulgaydir
U kulganda olam kulgaydir
Shunday bir butun yuraksiz
Yig’lamangiz ko’nglim yig’laydi
G’iybatchilar
G’iybatchini so’zidan emas
G’iybatchini o’zidan qoching
Inkor etmang so’zlarimni
Do’zax yo’lin , pinxon yoping
Quloq so’zni tanlamaydi
Haq yo noxaq anglamaydi
Befaxm odamning , befaxm tili
Oqibatin yo’q o’ylamaydi
O’zi g’aflatga botgani yetmay
Boshqalarni xam yetaklaydi
Ongi zaxarlangan manqurtlar ular
Mo’minlar ularga yo’lamaydi
Ko’nglim
Ming qora dastidan bechora ko’nglim
Ezilar , yanchilar ,yig’laydi ko’nglim
Koshki qo’llarimda bo’lsang sen koshki
Bunchalar bo’lmasding , beozor ko’nglim
So’zlar ottilar nayzalar misol
Zulmatga aylanar , oydayin ruxsor
Ko’zyoshingga arzimas ,makkora aybdor
Yomondan yiroq bo’l , bechora ko’nglim
Dard u xasratlardan nochora ko’nglim
Shukrni do’st bil , sabrni qanot
Shunda g’am yo’latmas , bevafo xayot
Bo’lmasam qaydan xam toparding najot
Nafsning tuzog’iga otilma ko’nglim
Besh kunlik tillolarga sotilma ko’nglim
Xudoning o’rnidir , qalbimning to’ri
Pokiza tutarman , uning xar yerin
Shul sabab , baxtim xam kelar bir kuni
Nodonlar so’zidan bo’lmagin so’lg’in
Davronlar oldinda yig’lama ko’nglim
Og’ritmang do’stlar , Nozim ko’nglini
Ollox yorug’ aylar uning yo’lini
Yolg’iz tashlamas axir ojiz qulini
Dunyolar yolg’ondur , ishonma ko’nglim
Makkorlar makridan , quvonma ko’nglim
Holimni ko’rib yig’lar Buxoro
Boqishingiz yuragimni o’rtar nigoro
Kulishingiz jon bag’ishlar diloro
Hajringiz qiynab borar kun aro
Holatimni ko’rib yig’lar Buxoro
Yorijon
Orzularim bo’yi , osmon yorijon
Yurakdagi so’zlarim , doston yorijon
O’zligimga sen ila yetgayman faqat
Muhabbatim qalbimda bo’ston yorijon
Niyatim bir pokiza , hurdan andoza
Yana bir pok o’zingsan , guldan xam toza
Qalbim senga suyangay , o’zimga qolsa
Bor jaxonim poyingga , maston yorijon
Atrof menga zulmat , qalbimda uzlat
Seningsiz yorishmam , poyonsiz muxlat
Oshig’ing o’lgaydur , kelmasang albat
Gullarning gulisan gulim gulijon
Tunda seni xayol ettim men yana
Jonimga jon kirdi poklandim mana
Samimiy kulgiching oromdur dona
Hurlarning hurisan hurim yorijon
Xaqiqatni bilib
Tushunmaydi odam u
Tushunsa inson deyin
Xaqiqatni bilib lek
Nodonla yurmoq qiyin
Qo’llang yo Rab
Mangu emas davr-u, davron , inson borki yo’li armon
Har yerda xam bordir yomon , qo’llang Yo Rab , Parvardigor
She’rdan bo’lak yo’qdur ishim , o’zga ishga yo’qdur xushim
Yo’limdan chalg’itar tushim , qo’llang yo Rab , Parvardigor
Beqalblar bu beqadrlar , dunyodan g’ofil o’turlar
Nafs desa tomdan tushurlar , qo’llang yo Rab , Parvardigor
Bedardlarga qilmang pesha , dilni bezaydi andisha
Mexringiz baxtimda o’sha , qo’llang yo Rab , Parvardigor
Sirli nigoxlar
Kulib turar bir nigox
Go’yo meni kuzatar
Toat qilsam men xar gal
Quvonchidan uzatar
Dunyoni har kim , har xil
Rango –rang turli ko’rur
Mening ko’zimga olam
Jonlanar lek jim turur
Osmon kuzatib turar
Yerda turli ramzlar
Neki tirik jon bo’lsa
O’xshashi bor rasmlar
O’zlikni niyat qilding
G’aybdan nishona bo’lar
Bu mashaqqat yo’li deb
Ramzlar ishora qilar
Ona vataningdan ayrilma farzand
Qaydin joning topmas orom andin poying kanda qil
Top halovat qadamjoni anga ko’ngling bandi qil
Ayrilma bunday vatandin yaxshi –yomon kunida
Elga yo’ldosh , dardga sirdosh , tolei balanddadir
Sinoat
Azaldandir yomonlar ko’p og’ritar yaxshi dilin
Falak bo’lmish , ne sababdin tanladi bu ranj yo’lin
‘’ Omon bo’lgin ‘’ deydi yaxshi sochsa zaxrin yomona
Yomonlardan past erurkim , shul sabab bir pog’ona
Navoiy va Guli
Ko’zim kelar yo’liga
Baxtim ikki qo’liga
Aylandim ishq quliga
Oshiqman yor Guliga
Ketaman
Tomirimda qon emas , darddan zardob oqadi
Ne azobki yurakka , hijron tig’day botadi
Men ketaman bo’ldi bas , hijroni yo’q tomonga
Omonlik tilab ketgum , dildan yaxshi –yomonga
O’z qadrim
Juda soddamanda , qadrim bilmabman
O’zimga baxt xisin tortiq qilmabman
She’r bilan , kuy bilan o’zim avradim
Bir eshikdan boshqasin ochib ko’rmabman
Hayotim o’zgarar edimi balki
Balki eng baxtli inson bo’lardim
Tanimasdim dard , a’lam , anduxni
Axir sevar edimda , uni kutardim
Naxot men aldadim o’zimni bilmay
Yor qadrin bilmadim ko’nglini olmay
Xudbinga aylanib qoldimmi tavba
Vafodan yuz burdim haliroq o’lmay
Azizlar menku men bilmasman qadrim
El uchun xizmatim erurmi aybim
Siz biling doimo saboqdur satrim
Qurbonga aylandi shu yo’lda baxtim
Baxorim
Baxorim keldingmi munisam oxir
Keldingmi oshig’ingni chindan so’roqlab
Qaxraton dol qildi qaddimni axir
Qaylarga ketasan bilmam yiroqlab
Jamoling ko’nglimga ifor taratar
Kelishing intiqib kutdim lolajon
Yayratib , quvnatib , dilimni o’zing
Be’mordek ketasan meni azoblab
To’rt fasl , to’rt tuyg’u , to’rtta hayajon
Hikmatli , ibratli , fasllardir bu
Go’zallik , yasharish , so’nish , tug’ilish
Ogoxlikka chaqirur , ishoradur bu
Suyganim bag’riga o’xshab ketasan
Shul sabab sen meni mamnun etasan
Iforing bo’yidan sochib o’tasan
Yor kabi seni xam sevaman baxor
O’tmishda qolgan kunlar
O’tib ketar oy u yillar
Xotiralar bizni siylar
O’tmishdagi uzoq kunlar
Yuragimni o’rtab turar
Kechagina bola edik
Qayg’u nima bilmas edik
Ishq , muhabbat onlarini
Bugun o’tmishga berdik
Kimlar kelar , kimlar ketar
Kimlar murodiga yetar
Bari inson bolalarin
Vaqt qaritar , be’mor etar
Vaqt g’animat , bo’ling omon
Boring doim ezgulik tomon
Ollox qo’llar bizni xamon
Hamdamingiz bo’lsin imon
Ishq kuyida
Falak ayvonidan , porladi quyosh
Men saxro kezaman , tun u kun bebosh
Bu olam firoqmi yoki bag’ritosh
So’z aytsam , lab burar , chimiradi qosh
Zarradek uchaman shamollar bilan
To’xtasa to’xtayman dam olgum shu on
Tabiatning xasiman , onam tabiat
Yo’l oldim baxtimning o’chog’I tomon
Tolei baxtim
Tolei baxtimni ko’zlab izlab-izlab yurarman
O’zligimga yetgan kunni shirin xayol surarman
Chakra –chakra ko’zyoshiday oqib tushar dardlarim
O’zligim binosin netay dard-u , g’amdan qurarman
Jannat onalar oyog’i ostidadir
Poyingni tavof etmasdan burun
Makkani orzu qilmog’im nechun
Kibrdan bo’yimni egmas ekanman
Men inson bo’lolmam tushun
Umidlarim sensiz so’ldi
Umidlar tug’ilar takror va takror
Dunyoga keltirar ularni gulyor
Ayriliq sababin yurakdan so’rar
Yurak qurg’ur tag’in yana jim turar
Nima xam ko’rdi u yurak bechora
Bir bora suyibon azobda qoldi
Ortiq sevishga uni kuchi qolmadi
Endi boshi egik , ma’yus nochora
Aqldan so’raydi , aql cho’rtkesar
Mag’rurligi shundoq yuzidan bilinar
Sevgini yurakka chiqargan axir
Sevgi u aqlga yotdir , begona
Ko’ngildan so’radi , ko’ngil yig’ladi
Bas aytma deb , bag’rin tig’ladi
Ixtiyorin bergandi pari , go’zalga
Yetolmay ko’ngil xam baxtni tuymadi
Meni qiynama
Nega tushunmaysan meni holimni dunyo
Og’riqlar qon qildi jonimni dunyo
Aytchi sen men bo’lsang ne qilar eding
Ko’zlarim bag’ringda tor bo’ldi dunyo
Buxoroda
Baxtim ,dardim buxoroda
Qalbim , shaxdim buxoroda
Maning jonim aningdur
Topmayin jismim bedavoda
Oyda ko’rdim aksin ul
Rasmin chizdim misli gul
Vaslin istaydi ko’ngil
Tuzalmas dardim buxoroda
Azobing , qiynog’ing , firog’ing
Davodur men uchun dudog’ing
Baxt erur laxzalik sarobing
Mani borim , yog’im Buxoroda
Bor bo’ling
Borgim kelar negadur
Ko’rgim kelar negadur
Dilingizdagi sirlarni
Bilgim kelar negadur
Ko’zlaringizga qarab birdan
Sevishimni bilibman qaydan
Bilganimda boqmasmidim
Hozir kulib yurmasmidim
Ne bo’lsa xam bo’ldi endi
Qismat ishi meni yengdi
Unutolmay o’sha kunni
Yuragim xam oxir ko’ndi
Borligingiz baxtim meni
Yo’qligingiz jabrim meni
Bir yurakka ikki ko’zmiz
Aytay gulim , yana neni
Ketgim kelur
Olislarga ketgum kelur
Niyatimga yetgum kelur
Maxzun boqib Buxoroga
Vatanim deb aytgim kelur
Bugun yana qiynadi dard
Gox boshimdan , gox tomog’imdan
Yaratgandan so’rab madad
Bedard bo’lib ketgim kelur
Muhabbatim cho’mgan zamin
Ketsam , ko’rmay ko’zda naming
Sokin bo’lgin , iloxo omin
Men murodga yetgim kelur
Kamolingni istab ketsam
Jamoling deb zaxar yutsam
Va murodga xam o xir yetsam
Men bag’ringga qaytgim kelur
Nigoxlarim tushgan yerim
Oltindan xam qimmat yerim
Go’zalliging ko’zda nurim
Men qadringga yetgum kelur
Izmingdagi qulingman
Dard tubiga yetolmadim
Osmon cheksiz ko’raolmadim
Muhabbatning achchiq hijroniga
Netay ‘’Rabbim ‘’ chidolmadim
Shamol kabi beqarorman
Ishq dardiga mubtaloman
Oxiri yo’q bir sadoman
Yordan ko’ngil uzaolmadim
Xotiramda yashaydi ishq
Ko’nglim obod aylaydi ishq
So’ng azobga tashlaydi ishq
Bu ne qismat bilolmadim
Aytsin dunyo xaqiqatin
Ko’nglim ezgan musibatin
Shuncha bergan a’ziyatin
Tan olib bas qiynamasin
Olov bo’lib yonsam bir kun
Yomg’ir bo’lib tomsam bir kun
Shamoldayin uchsam bir kun
Bu taqdirdan qochaolmadim
Kamon sensan , nayzang menman
Shamol sensan –u, xazoning menman
Nasib aylagan nishoning bilan
Bir umrga xa birga bo’laman
Nozik gulim
Yorginamning qoshi kamon
Oxu misol ko’zchalari
Sevaman men uni xamon
Bedorman tun kechalari
O’tsam agar ko’chasidan
Nur yog’ilar yuzchasidan
Og’ritmay deb uning jonin
Kam o’taman yo’lchasidan
Osmon sevgimni eslatar
Yulduzdayin sepkillari
Ismin aytib tongim otar
Xushnud bo’lsin ko’ngillari
Kutaman
Beri kel ey yorginam
Yur kezaylik chaman bog’larni
Hijron dardi yemirar
Hatto baland-baland tog’larni
Yurak tinchib urmasa netay
Kelmasangiz men qayon ketay
Gullar uzdim , qo’limda so’ldi
Yo ishq o’lsin , men a’za tutay
Dilim muzlab qoldi o’rtada
Gumonlar xam qiynar jo’rtaga
Tilim uchida aytilmay qolgan
Sevgim qiynar meni ertaga
Taqdir otgan yo’ldir , yo’llarim
Garchi sizga intiq ko’zlarim
Yodingizni eslab xayotman
Kutgim sizni , qo’lda gullarim
Imonli kishi xato qilsa
Ming joyidan qiynaladi vijdonlari
Gunox qilib o’rtanadi imonlari
Qo’yarga joy topolmasdan o’zni ul zot
Bor olamga ogox bo’lar gumonlari
Do’stim
Yig’lab-yig’lab otdi o’zin bag’rimga
Dardlar qo’shdi tuzalmagan dardimga
Sevib qoldim , yurak urar notinch der
Bu yurakka bugun torlik qildi yer
Baxtli bolaman
Jannatlarning o’zidaman
Yaxshilarning so’zidaman
Ezgulikning ko’zidaman
Men shoirman , shoir bolaman
Qalbim to’la extiros
So’zlar chiqar guldiros
Suyganim bor xaqqirost
Men shoirman , shoir bolaman
Yomonlar mendan begona
Men xam ulardan begona
Suyanganim ‘’Ollox ‘’ Yagona
Men shoirman , shoir bolaman
Yulduzlardan topdim o’zligim
Dilim so’zlar , tilim jimligim
Baxtim ekan , san’at mung’ligim
Men shoirman , shoir bolaman
Tabiatdan olaman jur’at
Yo’qlab keldi , kutganimda baxt
Imonsizlar bo’ldilar badbaxt
Men shoirman , baxtli bolaman
Yurakdagi qiz
Tushimda sizsiz
Xushimda sizsiz
Ammo o’zingiz
Yonimdamassiz
Qismat deyinmu
Hikmat deyinmu
Oshiqlarga bir
Ibrat deyinmu
O’zimdan ,o’zga
Tushunmas meni
Sevmaganlar qaydanam
Tushunsin meni
Ko’rsam , ko’rmagandek
Ketaolmasman
Yuragimni og’ritmay
O’taolmasman
Bu dunyoda sog’inib
O’lsam xam agar
Ikki dunyo eng baxtli
Bo’lgum shuqadar
Muhabbatim -dardim
Hijronlaring –sabrim
Necha yil sog’inib seni
Tushundim oxir qadring
Ko’chang kezdim-kezdim necha bor
Ko’rib meni bo’lding umidvor
Dardlar tegdi , yoring xastaxol
Sevar yorim xayr yaxshi qol
Kelsangiz
Tillashamiz
Dillashamiz
Ne sir bo’lsa
Sirlashamiz
Keling yorim kuttirmang
Atay alam yuttirmang
Sevishingiz bilaman
Men xam sizni sevaman
Yuraklarda ishq o’ynar
O’zga o’ylar begona
Kecha-kunduz o’zingiz
Xayolimda yagona
Shoirlikka yo’q edi
Mening orzu , istagim
Sizni ko’rdimu bas
Dardkashim bo’ldi she’riyat
Dardini bergan davosini xam o’zi berar.
Do’stim Yaratganni o’zi bizni be’mor qildi . Endi bu dardga davoni bandalaridan kutish nodonlikdir.
Xudo bergan dardingga
Dori bersa shaytonlar
Yolg’iz najotkoring men deb
Davo qilsa shaytonlar
Aldanma , so’zlariga uchma
Ular bari bevafo
Yolg’iz davo kelar xaqdan
Qolganlari bedavo
Soxta liboslarin kiyib
Soddalarni ko’zin o’yib
Jonkuyardek ko’rinarlar
Asli pulga urinarlar
Davo topgandilar hatto
Xatto buyuk bobomiz
‘’IBN SINO’’ dan avval
Davo berdi Xudomiz
Aytgandilar shunda xayron
Dardin bergan yaratgan
Bashardan oldin dardini
Davo berib aritgan
Ojiz bandalarga xosmas
Xudolikning davosi
Sabr qiling o’zi bergay
Dardmanlarning davosin
Ey yorim
Sevishingizni ko’zlaringiz aytardi nuql
Tilingiz bir so’z demay sukut saqlardi
Dilingizdan o’tayotgan sevgi izxori
Ko’zlaringizdan ko’rinib turardi nuql
Yurak yutib yonimga kelmaysiz nechun
Borim baxshida etardim faqat siz uchun
Axir sevamanda sizni , sizdan xam oritq
Siz esa ketardingiz mendan uyalib
Yolg’izlikka xavas qildingizmi yo yolg’izlikka
Mag’rurlanib , g’ururlanib nima topasiz
Buning azobligin keyin bilasiz
Hali bir kun yonimga yig’lab kelasiz
Yana jimsiz , bir so’z demaysiz
Siz xudo emassizku , bu foniy olamda
Osmonlarni havas qilgan farishtaginam
Qanotingiz yo’qda lekin uchaolmaysiz