Sherlar to’plami 1

Bobur      g’azaliga      muhammas.

Bas ,   senga   qulmasmen,   xaqqa   quldurmen

Sen   xam  quldor   emassen , faqir   guldirsen

Toki   o’zni   yer   kibi   xokisor   sanasam

Mag’rursen ,  xusningga      bino     aylading

 

Birinchi  va   ikkinchi    muhabbat

Ikkinchi    muhabbat    yor

Birinchisi    bo’ldi   xor

Uning   sevgan  yori  bor

Mendan  emas  umidvor

Birinchisi     qalbimning

Ko’zin   ochdi     baxtimning

Sababi    u      dardimning

Xalaskorim     u      mening

O’zligim    yo’limga

Qanotimdir    ikkisi

Ancha   yo’l     men    bilan

Hamdam    bo’ldi      ilk      sevgim

So’ng    abadiy      men      tomon

Keldi   ikkinchi  jonon

Yuz   sevgim  mingdur  tamom

Yodi   qo’llar   xar   zamon

Shu     ikkisi   eng   nafis

Hatto   hurdan    bokira

Sen      doim    qalbimdasan

Abadiysan    muhabbat

Kunda     isming    ziyorat

Qilar    ko’nglim    benihoyat

Ishqdan    topdim    hidoyat

Panohimsan     muhabbat.

 

Bizlardan   nima    qolur

Do’stlar    bizlardan   nima   qolgaydir

Muhabbat  va   xatolardan   bo’lak   yana     ne

Gunoxlar    ustiga   qurib   bo’lmas   baxt

Ota-ona   roziligisiz    bo’lmas    saodat

Xaqiqat    yo’li   nima    o’zi    u

Bor    umring     nay      kabi   pora   aylamoq

Shukr   qil     o’tadi    xar   bir   kuning   xam

Boqiying    bo’ladi   mangu   farog’at

Ishq     nedur    ishq    ruxing    poklaguvchidir

Chorasiz    holingda    qo’llaguvchidir

Visoli    nasibang    bo’lsa-bo’lmasa

Yodi      ox     joningni     jonlaguvchidir

Vatan     ne     tarifin    etolmam   bayon

Javobin    ko’zlarim    etadi    ayon

Qancha   sevsam   madhiga   shuncha    ojizman

Tilim    lol    xayratdan    so’zim   noravon

Do’stlarim    bor     derdim  , yonimda    edilar

Bir    umr    senla     bo’lamiz    derdilar

Chorasiz    xolimda     tashlab    kettilar

Yolg’iz    do’stim    endi    xudoyim    bo’ldilar

Do’st     shunday    bo’lsin,  ko’zingga    tikilib

Yolg’on    ertagini   so’zlamasin    xech

Imonsiz    insondan    do’stlik    chiqmaydi

Mayli     mingta     bo’lsin   barisidan   kech.

Seni    sevganlarni    boshingga    ko’tar

Javobsiz     sevgingni    uloqtir     otar

Ko’ngil    berma   qattiq    sevilmaguningcha

Chun     vafosiz    ko’p    erur  ,   diling     xun    etar

 

Sevmasang        ham       yashayman

Yo’q    desang ,yo’q    desang  deyaver

Osmondan    farishtang     kutaver

Bilgilki     ul       ham     kelmas   hech   qachon

Yerda    xur    bo’lmas  ,  yo’q   undan    nishon

Hur      deb      atadim   quvonma   ko’p    xam

Sevmading    yuragimda   yo’qdir  bir    g’am

Aksincha    qutuldim    baloli    ishqdan

Jonimni   og’ritgan davosiz  ishdan

Senda    bayram    men      nechun   motam   tutayin

Xom   xayol   o’ylardan   ma’no    kutayin

Endi   bildim  donishlar   jim    turar   nechun

Dil    bermakka    arzimas   bu    foniy    ochun

O’zligim    yashirib   senga   qaradim

Pisand   xam    etmading ,  parvo   qilmading

Ne     kunki   bugun    ochganda yuzim

Ortimdan   parvona  ,  xayron   boqursan.

 

Muhabbatnoma

Savdoiy   muhabbatdin    daryodur    ko’zyoshim

Ming     bir  dod, ming   xayxot   yetmasdur    bardoshim

Men     bulbul     kuyida   ulchi    beparvo   bir   xur

Dard   bilmas ,  ul  lochin,   ozod   osmonda     hokim

Gar     bilsang   saningsiz   tunu   kunim   zulmatdur

Bil    ey    hur,     hamdamim   yoding  ila  hilvatdur

Yuzingni   bir   ko’rmayin   zinxor   o’lib  bo’lmasdur

Bir   xusningga   oshiqman   demam   misoli   Majnun

Nodirajon    jonni    o’rtar   ko’zlaringiz   bor    sizni

Nochor,     g’arib    xis    qilgum    yoningizda   men      o’zni

Sizsiz    yolg’iz   xolatim    yozda    eslatar   muzni

Oy    bo’lmasa    quyosh     xam      nechun   sochgaydur   nurin

 

  Taqdir

Barchaning   taqdiri     Olloh   qo’lida

Bu     taqdir    toshlari   o’ngu-so’lida

Har   toshga   juft   bo’lar    o’zin   toshi    bor

Xudo   bir  qilmasa  hammasi     bekor

 

Ko’nglim

Zinxor    yig’lama    ey  ko’nglim    bo’l   doim ,  jim , sokin

Xavotir   olma   barcha   ish,     xaq   qo’lida  , ul    hokim

G’avg’o   solma   keng    jaxonga    bo’lmagin   sen   homush

Tangrim   yo’qlab   ayt   dardlaring   barisin   et    faromush

Konglim   dardlaringni    yuv

G’amni    bo’l   xonangdan    quv

Xamrox   emasdir   senga     u

Yoshlaring   to’kma    duv-duv

Qumsaganing  bo’lar  yor

Yo’llaringda   turar   zor

U     xam   sendan    umidvor

Sen     xotirjam    bo’laqol

Bir     butun   yurak   ikki  yosh

Biri   ko’zdir , biri     qosh

Baxtin   to’kis   etolmas

Taqdirdan  bo’lak    yo’ldosh

 

Abduraxmon    Jomiyning    layli   va   Majnun   dostoniga   bag’ishlab

Yorimsan    yoringman   ishqingda    xasta

Ey    tishlari   inju ,  qomati    guldasta

Hurlar     malikasi   gulyonoq    jonon

Kuyingda   bamisol   Majnunman   nolon

Ilk      bora  ko’ribon  ko’zingni   ko’zim

Majolim    qolmadi    unutdim   o’zim

Boqqani    tomonim   o’zingsan   ey   yor

Dilimga    hayajon   solursan    nigor

Ko’zlaring   dilingdan  sirlaring   ochar

Ochib     ox       men    tomon   yog’dudek   sochar

Noming   birla  nomim   bo’lubdur    payvand

Bir   muddat   ayro   erurmiz     garchand

Laylidek    menga    vafoli    bo’lsang

Ayrilmam      men     ham      Majnunman   bilsang

Dunyoga   sig’mas   mexrim   bor   mening

Muhayyo    etgayman    xar    qachon   so’rsang

 

Nega    uchrading

Yomon    o’ksidi   ko’nglim  Xudoyim    chidolmayapman

Ishqqa   zanjir   ko’nglimni   uzolmayapman

Taqdirimda    bo’lmasang   nega   uchrading

Vayron   bo’lgan   ko’nglimni    tuzolmayapman

Birkam   dunyo   deymi   birkam   sevgimni

O’zing     deb     bilgandim     men      xam  tengimni

Beparvo   chiqdingda    o’zgani  suyib

Endi   butkul  tortgum  ishqdan   yengimni

O’ylamang    muhabbatdan   sovib   qoldi     deb

Yarim   sevgi   dog’ida   kuyib   qoldi      deb

Bor   mexrim   san’atga   berurman   endi

San’atni  yor   bir   vafodor   bilurman   endi

Muhabbat     kuyida   egikman,   tolman

Ko’zingdin   yashirin   labingda    xolman

Sevmading      men    xam    seni    sevmayman

Balki     men     xam    chorasiz    quyoshman ,  oyman

 

  Ikki     do’st

Et   va   tirnog’   kabi   go’yo   edilar

Bir-birisiz    go’yo   turolmas    edilar

Birisiga    dard   berdi   xaq   do’stlikni     sinashchun

Bir   xol   so’rmadi   oqibat   begona   bo’ldilar

 

Xastalarni   ko’nglini    oling

Ey    Nozim ,  kim   xasta   bo’lsa   bor   yoniga   borgin

Qo’lidan    tutib,     duo     qilgin   ko’nglini    olgin

Shirin    so’zlar  degin   ko’nglin     yupatib

Odamiyliging    yo’qolmas    shunda    doimo     bilgin

 

Oyog’ingiz    quchib    yig’lagim    keldi

Oyog’ingiz    quchib    poyingizda   xokisor   yig’lagim   keldi  yor,   yig’lagim    keldi

Dardlarim   xonasin   bo’shatib   ming   bor   yig’lagim   keldi   yor ,yig’lagim   keldi

Ox     netay    bulbulingiz   bo’ldimda    o’zim,     ko’zingiz   mavj   etgan   lolazorlarga

Ishqimda    xolati   xarobim  deying    eshitgim   keldi   yor,   eshitgim  keldi

Ey   yorijon   gulshanim

Ishqingiz  poklar manim

Obi       kavsar   madanim

Ko’zimda   nur ,   gavxarim

 

Ayol

Ayol    ey    nozik   nafis    xur   xilqat

Erkakning   ko’ziga   tik   boqma   zinxor

Biz      seni   sevamiz   ibolingchun   xam

Seni   go’zal   qilur   bu   xislating   xar        dam

Bor    qadr    qimmating   shular   bilandir

Muhabbat   pok  xislatdan     paydo    bo’lardir

 

 

Omonmisan   do’stijon

Omonmisan     do’stijon

Yomonmisan    do’stijon

Bilolmayman    buni   xech

Duo      qilgum   erta-kech

Bir    yildan   beri    yo’qsan

Benishon   ketgan    o’qsan

Eslarmisan   yoki    yo’q

Edi     ko’nglim    senla   to’q

Ko’rganimda    o’zingni

Ko’zim   yayrardi  o’zimni

Sensiz    yolg’iz   Nozimni

Do’sti   yo’qdir    do’stijon

Yolg’iz  Rabbim    suyanchim

Dardlarimga      yupanchim

Dunyoyim   ichida    o’zing

Manbop    eding   do’stijon

Tinglarding    jim     dardlarim

Yig’larding  ma’yus    paytlarim

Yashirarding    ayblarim

Mardim    eding    do’stijon

Qayda    bo’lma   bo’l   omon

O’zligingni  yo’qotma

Seni    kutgim        men    xamon

Nozimingman     unutma.

 

Axir   nechun   sevmay

Qanday  boqmay   axir   yonimdan   o’tsangiz

Axir    nechun   sevmay   toki   dunyoda   borsiz

Muhabbat    ko’nglimda   mangu    mexmondir

Sevmaslik   mumkinmas   sizni   toki    xayotman

Sizga   ko’p   yigitlar   ekanmish    oshiq

Ko’nglingiz   qulfini   etolmay     ochiq

Sizdek   pok   xislatga    bo’lolmay   ega

Rosti     xech    kim    sizga    bo’lmas    munosib.

 

Yuzing     lolazor

Yo    Rab   bu   ne  xolki   xusni    ofatdur

Xushimdan   ayirmish    xur ,   davosi    yo’qdur

Yuzi    lolazorkim       rom      aylar    butkul

Domidan   chiqolmay   bo’ldim        man        bulbul

Hayxot    yashirolmam    sevishim    zinxor

Agarki    yonimda    o’tsa       u      bir    bor

Qalbim    kuy    chalar   bir   xech   bo’lmas    mungdor

Bulbulingman    nazar       sol     o’zingsan      gulzor

Oshiqlaring    ichida   yagona ,   dona

Tanxo   o’zimman   ishqingda    afsona

Temur   edim , sadaf   bo’ldim ,   hajringda   yona

Yoding    poklar  qolmas   nafsdan    nishona

Edim   bir g’o’r  ,peshonam   sho’r ,  sensiz   ey    xur

Seni    topdim   baxtim   endi     o’zingdur

Xayotimga    ma’no    berding      purmazmun

Asragum   jonimdan   xam   o’zingni     xar     zum

 

Go’zallar      bevafo      ekanlar

Go’zallar    bevafo     ekan ,   go’zallar

Beparvo     yurib   ,  yurakni    ezarlar

Chiroyga       sollanib     shodmon     yurarlar

Go’zallar     bevafo    ekan  ,   go’zallar

 

Baxordek     ochilib  ,    to’kilmog’ing     bor

Ko’p    xam    bino    qo’yma    o’zingga   ey   yor

Suyganing    o’zingdek    ,   ishqsiz     dilozor

Go’zallar     bevafo    ekan ,   go’zallar

 

Mendan     tonib    topganing    tikonzor

O’zingni    o’zing    qildingda    xoru    zor

Bo’lardim     men   senga     doim     vafodor

Go’zallar    bevafo     ekan  ,   go’zallar

 

Ikki    mexrsizga      baxtlar    tilayman

O’z    mexrimni    sevganlarga    tilayman

Go’zallar   o’tsalar  ,   beparvo     bo’layman

Go’zallar     beparvo    ekan ,   go’zallar

 

       Ota     ona

Ota     ona    deb     ko’nglin      olurman

Xudo   deb    baxtimni    kutarman

Kel    do’st  bo’lsang     dardim    aytaman

Yig’lasang     ko’zyoshing    artaman

 

Ota    onam    tayanchim  ,  tog’im

Ko’zlarimni    yashnatgan    bog’im

Obi     ‘’Kavsar’’    madan  ,   bulog’im

Omon    qilsin    sizni      iloxim

 

Ikkisi    ikki     qanotim

Duo    qilar    baxtli    xayotim

Dardimga     oxir     najotim

Ota    onam    qand-u,    novvotim

 

Ikkingiz     bir    juft     oq    kabutar

Baxtdan    uching ,  uching   oy   qadar

Ey     munis     volidam  ,   mexribon     padar

Sizla    porloq    mening    iqbolim

 

Bu     yo’llar

Bu     yo’llar     ravon      bo’lib     ketibdur

Bu      cho’llar     chaman     bo’lib    ketibdur

Oxir     zaxmati    xaqqa    yetibdur

Bu     soylar    daryo   kabi    oqibdur

 

Xalqim    obod   ,  yurakda     yo’q    g’am

Agarki    yig’lasam   ,  sevinchdan     bu   nam

Baxtiyor     shoir     o’g’lingiz    men   xam

Dardingiz     olurman     so’z   ila    xar   dam

 

Bu     kunlar     o’tmish     zaxrin     yuvibdur

Boqing    eng     go’zal    zamon    bo’lubdur

Baxt    va    omad    uchun    kurashsak

Baxtlimiz    bizlarga    nima    qilibdur

 

Bu      kunda    ezmasin     xech   kimni    armon

Butun     dardli    elimga     bu    kunlar     darmon

Turibman     bir     chekkada     baxtimdan   xayron

Ozod     xumo     qushmiz ,  o’zimizga    xon

 

 

Bilmading 

Nay      kabi  ,  pora    dilim  ,  davodurur     shakar    labing

Kuy     kabi  ,   mungli     so’zing  , taronadur    aytgan     gaping

Mendin     o’zgalarga     chun      sochding     sokin    tabassuming

Noziming    edim    seni  ,   ey    Nodiram     bilmading .

 

 Najot     bo’lib     kel

Ming     tushimga     kirguncha   ,    kel     bag’rimga     kir

Yuragim    notinch     urar  ,  unga     davo   qil

Ko’ksimga      boshing     qo’ysang     bo’lgani

Bundan    ortiq     kerakmas  ,   baxtim     kulgani

 

            Bu     ne     xol

Sizdan     na     ko’nglimni     ololdim

Na    umid     bog’ida     qololdim

Har     nechuk     ko’rganimda    o’zingiz

Cheksiz      shodlanar     Nozimingiz.

 

Qarmog’imga     ilindi      so’zlar

Oftob      kabi     tovlangan     edim     bir    maxal

Qalbimga    kira     boshladi    so’zlar     birma-bir

Tashlagan      qarmog’imga     ilinib     ular

Baytimga    aylanib     qoldi     bir   qarang

 

    Imoningga     suyan

G’am   ,    chekmagin      do’stim        ey   sen

G’am  ,   chekmagin    endi    xo’p

Zolim     emas     senga    taqdir

Zolim     emas    senga    yo’q

 

Zolim      emas     yaratgan    xam

Yolg’on    emas     xaqiqat    xam

Imon     guvox  ,  kafolat     men

Ziyo     topdim      ma’rifatdan

 

Boshing     ko’tar   ,   osmonga    boq

Osmon    dengiz ,   tubi     yerdir

Havo     istasang  ,   bu     tublik    ichra

Yaratgandan     najoting     so’ra

 

  Sabr     qilgin

Sabr     qilgin      xaqiqatga      yetgaydursan

Sabr     qilmay   ,  xidoyatdan     chiqgaydursan

Sabr     qilib     xar     bir      o’tgan     kuning    bilan

Sabrsizlik     azobidan     qochgaydursan

 

 Yorimning     uyi     oldida

Sevganimni     ko’rib     qoldim   ,   bog’    qo’ynida  ,    gul    aro

Ko’zlari     ma’noga    to’lgan   ,  tim    qarodur , tim   qaro

Bir     boqishda     ko’nglimga      ishqni    solib   qo’ydi    yorim    ox

Shundan     beri   , xasta    jonim  ,  dil    yarodur  ,  dil    yaro

 

        Imonsizlar 

Imon     tilning     zaxridan      so’nmasin   ekan

So’nsa     xam  ,   tagidan     qurib    bitmasin    ekan

Imon     ketsa    omad     ketar  ,   davlat    ketar

Imonsizning     xoli    endi    ne   kechar

 

Munofiq     u    kofirlik    yo’lin   tutar   inson

Shaytonga     ulfat    u   do’st    bo’lib    qolar   inson

Bir    kun    joyi    do’zax    bo’lar   ex    yomon   ey

Ming    bir  azob  ,  o’zga     sotib    olar   inson

 

Sabr     o’rnin     egallar    nafs    u   qora

Kasriga   yig’laydi    ne-ne    mo’min    bechora

Tomog’ingdan    qaytar    olmagin    sen   pora

Xudodan     qo’rq     xar   bir    ishing    ko’rib    turar

 

Bir    kun    asal,   ming     kun   zaxar       yutmagin    sen

Mansab     deya     ko’p    o’zingdan    ketmagin    sen

O’zi     ojiz    bandasanku     unutdingmi

Yolg’on     deya     haqiqatdan    kechmagin    sen

 

  Ishqni       siz  xam       tuying

Esib-esib     turganida      shamollar

Olib      qochar    yor   tomonga    xayollar

Yurak    to’la    xayajonli    savollar

Ikkimizga      diydor     nasib  qilarmi

 

Javobi    yo’q     savol     ekan     muhabbat

Davosi     yo’q     savdo    ekan    muhabbat

Mexmon     bo’lib    kelsa    g’arib    ko’ngilga

Podsho    qilib    ketar    ekan    muhabbat

 

Bir     qizni     sevdim   ,   o’zi    buni    bilmaydi

Nazar    solsam ,    menga     parvo    qilmaydi

Yillar    o’tdi    sevishimni    angladi

Endi      unga    yurak    oson  ko’nmaydi

 

Necha   yilkim      yor   ishqingda   kuydim   man

Ishqing   deya   dunyodan  xam   to’ydim  man

Sen   xam     mendek     bir    bor    kuyib    ko’rginchi

So’ng    yoningga    yeldek     uchib     boraman

 

Shamollar     

Dardlarimni      uchiradi     shamollar

Yaratganning     marxamati    shamollar

Mayin- mayin ,   esib-esib  ,  yuzimni

Silab –silab ,   uchib      ketar    shamollar

 

Yor    ro’molin     qaydan   olib   keldingiz

Yuzlarimga     uni   asta    qo’ydingiz

Hidlaridan     xushim     yo’qoldi   arang

Men    xam    sizga     endi   oshno    shamollar

 

Gullar    atri     taralmaydi    bunchalik

Meni     xech   kim    tushunmaydi     sizchalik

Jannatlardan     oqib   kelgan     savollar

Bag’rim     to’ldi  ,    mexringizdan    shamollar

 

Ortingizdan     ana    yomg’ir    yog’adi

Ko’zlarimdan     sog’inch    ko’zyoshi     oqadi

Visollardan     xabar    bergan     to’zonlar

Baxtdan     uchgum  ,   sexringizdan    shamollar

 

  Sog’inchman

Shamol     bo’lib      uchiraman       ro’molingni

Haddan   ortiq    oshiraman    gumoningni

Sevib     yoring    baxtli     bo’lib     yurgan   eding

Hijron   bo’lib    ko’p   qiynayman   men   joningni

 

Azoblaring      qo’llarida    o’yinchoqsan

G’iybatchilar      tillarida    ovunchoqsan

Bu     muhabbat      qanday    azob  ,  qanday    og’ir

Ming     xayolda   o’rtanasan   ,  bechorasan

 

Ko’zyoshlaring     artgin     endi    qo’y    yig’lama

Bevafoni     eslab    ko’p   bag’ring   tig’lama

Suymaganga   ,   suykalmagin    tonaqolgin

O’zim      senga    vaqtincha    do’st   ,   bir     sog’inchman

 

Sinab       o’tar     bu     muhabbat    sabrimizni

Pisand     qilmas  ,   o’ylamas    xech    dardimizni

Yig’lab-yig’lab    tun    kechada     qadrimizga

Visol    o’yi    qon  yig’laydi   jabrimizga.

 

 

   Siz    ekansiz  

Necha     yilkim      yaratgandan    dardimga     so’rardim   davo

Buni      qarang     yorijonim  ,  asli    davo   siz    ekansiz

Yo’llarimga    nazar    solib   ,   ortimdan  qarab   qolgan

Sevaman   deb   aytolmagan     najotkorim    siz   ekansiz

 

Bilganimda    agar   yorim  ,  agar    bunday     bo’lishini

Barcha     dorilarni   tashlab     yoningizga    shohar   edim

Tonib     barcha     giyoxlardan   ,  tabiblar    u    yolg’onlardan

Bir   umrlik    oromim    deb   faqat    sizni     quchar   edim

 

     Bir      umr   men   bilan   qol

Qalbimni     eshit  ,   ko’nglimni    bilgin

So’ng    bir   umrga   yonimda    qolgin

Bag’rimga     boshingni    qo’yib   yotgin  yor

Yuragim    tafting   ila   jimib    qolsin  yor

 

   Ishqning     dastidan           

Po’st     tashar     ilonga     o’xshab     shoirlar

She’rlar    yozishar    qiynalib , o’rtanib    darddan

Olamdin     ajralib    parishonxotirlar

Barisiga     aybdor     muhabbat   va   ishq

 

    O’zbek     yigit  ,   qizlari     

Davringizni     surib

Qaddingizni      kerib

Hur    qushday     bo’lib

Yuribsizlarmi

Shijoatga    to’lib

Quvonib    kulib

Insonday    bo’lib

Yuribsizlarmi

Kelajak    sizlar    uchun

Qoraqosh     ko’zlar    uchun

Bir     uzukka    bir    ko’z   bo’lib

Yuribsizlarmi

Yo’llar    sizlar   uchun

Marra     sizlar    uchun

Yutuq    xam    sizlar    uchun

Bilyapsizlarmi

Qamchilang      otingizni

O’tkazmay     vaqtingizni

Boy     bermay      naqtingizni

O’zbek     yigit     qizlari

Sport    va   san’atni    bilib

O’zga       yurtlarda     yurib

O’zbekning    mashhur    qilib

Turibsizlarmi

Kelajak    o’z       qo’lingizda

Omad     o’ngu    so’lingizda

Ishonch    bo’lsin   xar    so’zingizda

O’zbek    yigit    qizlari

Quruq    gapga   qorin    to’ymas

Mexnatsizga     amal     bo’lmas

Vaqt    xech   kimga    shavqat  qilmas

O’zbek     yigit    qizlari

Bilib   oldingiz   endi   xaqiqatni

G’animat    biling    xar    daqiqatni

Qo’ldan    boy    bermang    imkoniyatni

O’zbek   yigit    qizlari

 

Go’zal yor

Kulishingiz     go’zal     yorim  ,  kulishingiz

Ming     go’zalga    armon   sizni   yurishingiz

Umrboqiy     o’chmas   siymo    turishingiz

Umrim    go’zal   ,   dunyo    go’zal      siz   bilan

Ta’rifingizga   yetolmam    bir    so’z   bilan

 

Dunyo    shamin    yoqdim     barisi      o’chdi

Ishq       shamini    yoqdim    ,   yillarga    ko’chdi

Hijron    bunda    olov    yondirar    baland

Qalbim    go’zal    ,   dunyo    go’zal     siz   bilan

Ta’rifingizga    yetolmam     bir   so’z   bilan

 

Ishqdan     barpo     ekan    oshiqning    ko’ngli

Ishqsiz     saxro     ekan     insonning     ko’ngli

Sizga    mudom     hozir     qalbimning    to’ri

So’zim    go’zal  ,   dunyo    go’zal    siz   bilan

Ta’rifingizga    yetolmam   bir   so’z   bilan

 

Siz     tufayli    tanib    dunyoni

Ma’nosiga   yetdim    olam   u   samoni

Hijron   bir   kam   ,  bu    eng   yomoni

Kuylay    qo’shiq ,   yozib    g’azal    ishq    bilan

Ta’rifingizga   yetolmam    bir   so’z  bilan

 

        Dono    do’stimga

Nodonlarni      ichida     qolib    ketding     donoginam

Arzonlarga     talash    bo’lib  ,  sarson    bo’lding    beozorginam

Xudo    bergan    edi   senga    buyuk   iste’dodni    to’kis

Sayramasdan     bulbul   eding     beozorginam   ,   beg’uborginam

 

 

Sajda     qilsa    xamki       poyimizga     farishtalar

Biz    insonmiz  ,  farishtamas

Xatolar     ichida     xar    kun    kibr    u   xavomiz

Netay     do’stginam    bizlar    farishtamas

 

Sevgi

Sevgi     tashrif     buyurib     kelar,

Ishqni      tuymagan    yuraklarimizga

Hijron      dardi      quyulib   kelar

G’am    bilmagan     boshlarimizga

 

Bu     ne     sir  ,  u    ne     sinoat

Sog’inchlardan     yosh   to’kar      ko’zlar

Yig’lab-yig’lab      urar    yuraklar

Ayamaydi      ko’xna    xaqiqat

 

Xotiralar      ishqdan   yig’laydi

Armon    bo’lgan    sevgini    eslab

Kuta –kuta     bag’rin   tig’laydi

Uzolmaydi     ko’nglini      xecham

 

O     sevgi

Taqdirlarga     bitilgan      ma’nomisan     sen

O     sevgi

Qalblardan     yangragan    navomisan     sen

O    sevgi

Sohilidan      toshgan     daryomisan      sen

 

Oxiring     topolmadim    aylanib   jaxonni

Ming     xil      mavjlanasan   ,  turfa    ranglarda

Ko’zlarim     qamashdi   ,    sehringdan    seni

O’ziga     chorlagan  ,   o’zga    dunyomisan    sen

 

                 Nasihat 

Tinglashni     o’rgan    ey   inson ,   tinglamay   nuql    sayrashdan    xam    ma’no    bo’lmas

Irmog’idan    ajralgan    dengiz  ,dengiz    daryo   ,  daryo    bo’lmas

Yeyish   uchun    yashaganlarning    hayvondin     hech   farqi    yo’q

Yaxshi    fikr ,  ezgu    amal    qil  ,  hayoting    o’zgarur    tezlikda   misli    o’q

 

Ichimdagi     dard

Ichimdagi    dardni    yozsam    qog’ozga    she’r    qilib

Hech     vaqt    o’tmay     ichimda   turar    yana   dard  bo’lib

Deydi     sen     uchun    kelgan    men     bir     hislat

Maqsadingga   erishmaguningcha   tinchimayman     bir    fursat.

 

  Oshiqman  

Ko’nglingizni     ko’nglim   ila     bog’layin

Dilingizni     dilim    ila    chog’layin

Ox    sochlaringiz     bunchlar    mayin

Sochingizga    oshiq     bo’ldim

 

Nigoxingizda     bor    pur    ma’no

Qadamingiz     har    go’zaldan     a’lo

Iforida     qolar    gulira’no

Qadamingizga    oshiq     bo’ldim

 

Labingiz   qizil     g’uncha

Suydirar     to    o’lgunimcha

Qiynamang    ey    go’zal    meni    buncha

Labingizga    oshiq    bo’ldim

 

Qoshingiz    ikki     kamon

O’qidan     bu   jonim    tamom

Shunda   xam     sevaman    hamon

Qoshingizga   oshiq    bo’ldim

Meni     suydirgan     o’zingiz

Iboga     boy    har     so’zingiz

Bu     ta’riflarga     mos    o’zingiz

O’zingizga   oshiq    bo’ldim

 

           Mo’jizali    

Ko’rdim     bir    go’zalni     ko’rdim   ,  chiroyda     oydan    xam    o’zar

Shundan    beri     qalbimda    notanish     xislar   suzar

Kuyida    devonaman   ,  men     oshiqning    holi    yomon

Bir      qiyo     boqmay    yurib   ,  shu    yurishda    aqlim   ozar

 

Dunyoda      yo’q    bunday    go’zal  ,  hech    kimda   yo’q    bunday    chiroy

Oftobnigox     go’zal    chexra   ,   husnidan    uyalar    hatto   oy

Musiqadek     yangrar    so’zi  ,  ma’nosi     hikmatlarga     boy

Ortidan     ovvoraman     men     oshiqning     holiga    voy

 

Oshiqlarning    qismatidan     ravo     ko’rdi     menga     soxibjamol

Kel    endi    taqdirimiz     birga    topsin     nurli   kamol

Istasak     bizlarni     kutar    oldinda    shunday   bir   zamon

Yetaylik     sevgining    qadriga      yorim      bo’laylik      doim    omon

 

Sevgidan     yaratibdi    insonni    ul   qodir    Xudo

Shundan    beri     aylar    jonni     oshiqlar    bu   yo’lda    fido

O     qancha    oshiqlar     bo’ldi     bu   yo’llarda    ado

Kel    bu    holga     tushmasimdan    aylagil    menga    vafo

 

               Do’st

Shayton     vasvasasiga      tushganimda

Bezovtalik     tinkamni     quritganida

Shifo     topilmadi      dori  ,   darmondan

Kitob     qutqardi    meni    yomon   o’ylardan

 

Chinakam      do’st    topmasang    gar   insonlar     orasida

Senga     bir     maslaxatim  ,    eshit    bu    ish    borasida

Qudrati     baland     kelar     yovuz    qo’llardan

Kitob     qutardi     meni    yomon    o’ylardan

 

Kitobdagi     so’zlar   xam     insonlar     fikri

Hayotda      ko’p    sinalgan     ularning     zikri

Turfa   xil    tuslansa    xam     shaytonning    makri

Kitob    qutqardi     meni    bu    balolardan

 

U     menga    sodiq   ,   men     unga     sodiq

O’rtamizga    raqna      solmas    xech    qaysi     fosiq

O’qisangiz    istagingiz     bo’lur ,   albatta    vojib

Kitob     qutqardi     meni     yomon    o’ylardan

 

    Endi     men     xam      shoir     bo’ldimmi

Yozgim     keldi       yozamanda

Aqlimdan    xam    ozamanda

Men    xam    endi     shoir    bo’lib

Buyuk      baytlar     tuzamanda

 

Qaydan    keldi    xayolimga

Javob     topmay    savolimga

Qayga    boray     davoyimga

Paytlar     kutib    yuramanda

 

Osmonlardan      tushdi    bir    dard

Boshim    og’rib  qoldi     bir   payt

Haqning    sovg’asimi    bu   ayt

Gumonlarda    yonamanda

 

Hech    kim      tushunmas      holimni

Qiynayverarlar     jonimni

Qalbdan      oqizgan     qonimni

Baytlarim     ila     yuvamanda

 

                 Baxt      ikkimizning     qo’limizda

Meni     sizchalik      kim   sevadi

Sizni     menchalik      kim     sevadi

Ikkimiz     bir     butun     baxtmiz

Yaralganmiz    bir-birimiz    uchun

 

       Qiziq 

Men      suygan       yor     siz      tomonlarda

Siz   suygan     yor      men     tomonlarda

Ikkalamiz     endi     dildan      dardkashmiz

Olloxim     yorug’    aylasin     yo’llarimizni      do’st.

 

       Meni     kutmang

Balki     taqdir     yo’llarimiz    boshqa

Meni     kutmang  ,   men     yo’q     joylardan

Qalbim    sizga   talpinib   qoldi

Sizni    sevib    qolgan     kunlardan

 

Toshdan    emas   yuragim   yorim

Unutolmay    sizni    qiynaldi     jonim

Kelishingiz      orziqib     kutdim

Qancha     kun- u,   oy-u,   yillardan

 

Sakkiz    yildan    beri     sevaman    sizni

Hijronlardan    chiqmaydi     boshim

Tushlarimda   ko’raman    sizni

Oqib    qolar    sevinch      ko’zyoshim

Jura’tsizman  ,    jura’t      qilib     borolmayman

Yuzingizga     tikilib    xam    qarolmayman

Sizni      sevdim  ,  sizsiz   endi    yasholmayman

Bir     umrimda   ikki    bora     suyganim

 

                 Ne    uchun    keldik

Ne   uchun    keldik       dunyoga     do’stlar

Ne   uchun    yashayapmiz    xayotda    bizlar

Bilmoqlik     istasak     yashash    mazmunin

Haqiqat    shunchalik     shirin    tuyular.

 

        Yigitning

Ori     bo’lsin    yigitning

Bir     yori   bo’lsin   yigitning

Fayzi  bo’lar     chamanning

Mardi    bo’lar    vatanning

 

Dilida   bo’lsin    xudo

Baxtidan    etmasin    judo

Ko’nglida    yangrasin    navo

Bir     sozi     bo’lsin     yigitning

 

Yursa     yigit     ko’chada

Nur     yog’ilsin    tun     kechada

Yo’lin     davom    eltguvchi

Mard     o’g’loni     bo’lsin    yigitning

 

Mard     bo’lsa      yigit      do’stlari

Xaq     bo’lar     uning     so’zlari

Kulib     yurar    doim    yuzlari

Chin   do’sti    bo’lsin    yigitning

 

Sog’    bo’lsa     gar     yaqinlari

Yigit    ko’zi     chaqinlar

Baxti     shundan    sezilar

Yaqinlari     sog’    bo’lsin     yigitning.

 

      O’zimga      maslaxat               

Orzularga    yetmoqlik    qiyin

Hayotning    laxzalik   so’qmog’i     o’yin

Hijronlar     azobdur  , visollar    shirin

Dunyoning     dunligin      unutma    Nozim

 

Kulsang     ortidan    yig’lashing   xam  bor

Bu     hayot    kimlarni     qilmas     umidvor

Faqat    Xudo    ekan    do’st-u,    vafodor

Davronlar    oldindadur    unutma    Nozim

 

Yorishgan      yuzlarga     umid     yarashar

Kamtarning      kamolin     baland    qilishar

Har     ishing   ‘’ Ollox  ‘’   nomi    ila     yurishar

Manzillar    aniqdur    unutma     Nozim

 

Ibodatlar    ezgulikka    qo’ygan    qadaming

Imoningni     oshirar    bu    yaxshi     odating

Doimo    baland    tut ,  elga     himmating

Bu     qadringni     ko’tarar    unutma    Nozim.

 

                        Qalbini      xalqiga    qoldirgan     shoir

Tafakkurnig     tamal     toshin    qo’ydi    Navoiy

Eli     uchun  joni    birla     bo’ldi    fidoiy

Komillikka     toj    bo’ldi  ,   bitgan    g’azal ,   ruboiy

Kamtarin     ,   hokisor    ,  beozor    Navoiy

 

Buyuklarning     ortidan     yog’ilar    hikmati

O’zidan    ildam    yurar    go’zal      himmati

Asirlarga    tatir     qilgan     xizmati

Shu    sabab    balanddir ,   qadr    qimmati .

 

                 Mayxo’rlar            

Shaytonning    doyasisan   ,   shayton     bazmda

Itdek     sudrasan     xadeb    ortimdan

Sen    inson   emassan   ,    buni    aniq    bilaman

Jaxannamni     tilab   olgan    xayvonsifat   sen

 

Odamiylik     yoshdamas    ,   boshda     bo’larkan

Senchi     notavonsan    ulug’     yoshingda

Avlad-u,    ajdoding    xaqning     qoshida

Boshing    quyi     xolda , sharmanda    xolsan

 

Ikki    pullik    davronni     tanlaganing    ne

Axir     u   xam      tugaldir    ,  xazon    faslidek

Oqibat     ne    bo’lar     oxir    oqibat

Takror-takror      yonasan     bamisoli    kuz

 

Abadiy    o’tda    yonasan    ey    jon

Tavba    eshik     yopar   senchi    chalajon

Ming     yalinasan  ,  kechir     Xudojon

Kuyib    kul    bo’lasan   , tirilib     yana   kuyasan

Jazoing     naqd    bo’lar    oxir    oqibat

 

Shunday      oqibatni    olmagin    sotib

Jannatdan    kechmagin     g’aflatga    botib

Ko’zingni    och    kattaroq     sinov    maydon   bu

Toqat    ayla    ikki     dunyo    baxtga    munosib

 

Inson      bo’lib     tug’ildik     shunday     ketaylik

Axir      yonimizda   baxt  ,  qadriga     yetaylik

Maqsad    va     tilaklar    bag’rida      xolis

Jonga- jon  ,  qonga-qon   ,   imon    bo’laylik.

 

           Bir     boqishda

Bir    boqishda     sevganman    sizni

Chexrasi    oy  ,   parivash     qizni

Yetar    yorim    qiynamang    bizni

Sizsiz    sevganim   , sizsiz    suyganim

 

O’shal     laxzalar     kelsaydi     qayta

Beg’uborligim     kelsaydi     qayta

Baxor     edi ,   o’shanda     mayda

Sizsiz     ko’rganim   , sizsiz     sevganim

 

Borsam     bir   kun    sevgimni      aytib

Kutib   oling    ko’zyoshim    artib

Ranjitsangiz    kelmayman    qaytib

Sizsiz     ko’rganim  ,  sizsiz     sevganim

 

Meni     sizga   yomonlasalar

Sevgi    yo’q    deb     gumonlasalar

Menga    baribir      inonmasalar

Sizsiz     sevganim  ,  sizsiz     suyganim.

 

             Etibsen

Ko’nglimni     ko’nglingga    g’oyib     etibsen

O’zingni    o’zimga    moyil    etibsen

Ne    mo’jiza    ediki  ,  bir    bora    boqib

Mendek     telba    kishini ,   shoir    etibsen.

 

      Dunyo    bir    kam     do’stim

Dunyo     bir   kam    do’stim   , kamin   to’ldirolmaysan

Bo’lmaganni   urinma    bo’ldirolmaysan

Peshonangga     bitmaganni    baxtim   deb     quvib

Kulmagan    baxtingni     kuldirolmaysan .

 

        Zaxiriddin    Muhammad     Bobur     xotiralariga    bag’ishlab   

Sharqqa     burdim    yuzim    seni     ko’rgaymen

G’arbga    burdim     yuzim     seni     ko’rgaymen

Oshiq     shunday    erur ,   osmonga     boqsam

Quvonarmen  ,   oyda     xam    seni     ko’rgaymen

 

Qarshingizda    ojizman  ,faqir  mo’rchadek

Yoningizdan    o’turman     benavo     bulbulchadek

Balkim     nazar     solursiz     bulbulingizga     gulg’unchadek

Xushimni    siz   olursiz   ,  tik     boqsam   Majnunchalik

 

Sizda    ibo     kuchli    , menda   uyalish

Go’zal    niyatim     bul    sizga    suyanish

Maqsadim     faqat     visol    emasdur

Menla    bo’ling    yo’qsa    ko’nglim   to’lmasdur

 

Shavqat    qiling   ,mexriboniz    bo’loyin

Rag’bat   qiling   ,bag’ringizda    kuloyin

Yuragingiz     shunchalik    yo    toshmikin

Yo    kamina   shunchalik   yomonmikin

 

Mexr    so’rang     xo’p    ziyoda   eturman

Ox   ,   seving    deng    Majnundan  xam   o’turman

O’zingiz   deb  o’zimdan   xam   kechurman

Sizni    qumsab   ,baxt    sharobin   ichurman.

 

Nechuk     jim     bo’lursiz  ,    navoiz     yo’qmi

Mungnavo     oximga    , sadoiz   yo’qmi

Tokay    ishqingizda      qovrilayin    men

Qalbim    jannatiga    , parvoiz      yo’qmi

 

Madorim    , majolim  ,   qarorim      yo’qdir

Azobing    ,qiynog’ing   ,firog’ing     ko’pdir

Ko’rgani     ,so’rgani   , bilgani    holim

Dilingda     men    uchun      vafoing    yo’qdir

 

Har   zamon    o’ldurdi    ishqing    qolmadi     jondin    asar

Bilganim   mungli   navoy-u,     yozganim     dardli    g’azal

Yo       yolg’izlik      murodingmi   ,  so’nggi   nafasing    qadar

Dili    nopok    emasdurman   , nopoklikdan    alxazar

 

Zinxor      bir     raxming     kelmadi    ,zorligimda    xurliqo

Osmonlardan    sel   oqizdi    , dilimdan    chiqqan    nido

Raxmi     kelib     shod    ayladi     mexribonimdur    Xudo

Go’zallikda    tengsizimdur   ,   tangrimdur    dardga   davo.